https://oz.sputniknews.uz/20221114/turkiya-aqshning-istanbuldagi-portlashdan-keyingi-taziyasini-qabul-qilmadi-29975403.html
Turkiya AQShning Istanbuldagi portlashdan keyingi ta’ziyasini qabul qilmadi
Turkiya AQShning Istanbuldagi portlashdan keyingi ta’ziyasini qabul qilmadi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu hukumat hujum qayerdan muvofiqlashtirilganini bilishini ta’kidladi. 14.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-14T19:31+0500
2022-11-14T19:31+0500
2022-11-14T19:31+0500
dunyoda
turkiya
aqsh
istanbul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29974256_0:50:911:562_1920x0_80_0_0_a57e9af4bd592164b727306c88b4f47d.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Turkiya Istanbulning Taqsim maydonidagi Istiqlol ko‘chasida uyushtirilgan teraktdan so‘ng AQShning hamdardliklarini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN Türk telekanali.Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer avvalroq Qo‘shma Shtatlar Istanbulda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatini qoralab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirishini aytgandi. Soylu bunga munosabat bildirib, rasmiy Vashintonning ta’ziyasini qotilning voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelishiga o‘xshatgan edi.Bir kun avval Istanbul markazidagi sayyohlarning piyoda sayr qilish uchun sevimli maskani Istiqlol ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. Keyinroq Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay 81 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.Politsiya teraktga aloqador 46 kishini hibsga oldi, ular orasida hujumni uyushtirishda gumon qilingan ayol ham bor. E’lon qilingan videoda uning skameykada taxminan 40 daqiqa o‘tirgani va portlashdan keyin orqasiga qaramay, telefon ekraniga tikilgancha qochib ketganini ko‘rish mumkin.OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Suriya fuqarosi bo‘lib, Turkiyada terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqasi borligini tan olgan. Qayd etish kerakki, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyadan NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullash uchun KIP vakillarini ekstraditsiya qilishni talab qilyapti.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29974256_47:0:862:611_1920x0_80_0_0_59a950b5c5cbf8eb4ee4f83408765631.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, aqsh, istanbul
dunyoda, turkiya, aqsh, istanbul
Turkiya AQShning Istanbuldagi portlashdan keyingi ta’ziyasini qabul qilmadi
Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu hukumat hujum qayerdan muvofiqlashtirilganini bilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Turkiya Istanbulning Taqsim maydonidagi Istiqlol ko‘chasida uyushtirilgan teraktdan so‘ng AQShning hamdardliklarini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
CNN Türk telekanali.
“Biz hujum qayerdan muvofiqlashtirilganini bilamiz. Biz o‘zimizga yo‘llangan xabarni oldik va u qanday xabar ekanini bilamiz. Biz Amerika elchixonasining hamdardligini qabul qilmaymiz. Biz hech kimni aldamayapmiz. Bu aldovlarga bardosh beradigan kuchimiz qolmadi. Istiqlol ko‘chasi bizning jigarbandimiz. Agar biz hujum qilgan shaxsni ushlamaganimizda, u bugun Gretsiyaga qochardi”, - deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer avvalroq Qo‘shma Shtatlar Istanbulda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatini qoralab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirishini aytgandi. Soylu bunga munosabat bildirib, rasmiy Vashintonning ta’ziyasini qotilning voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelishiga
o‘xshatgan edi.Bir kun avval Istanbul markazidagi sayyohlarning piyoda sayr qilish uchun sevimli maskani Istiqlol ko‘chasida portlash
sodir bo‘ldi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. Keyinroq Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay 81 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.
Politsiya teraktga aloqador 46 kishini hibsga oldi, ular orasida hujumni uyushtirishda gumon qilingan
ayol ham bor. E’lon qilingan videoda uning skameykada taxminan 40 daqiqa o‘tirgani va portlashdan keyin orqasiga qaramay, telefon ekraniga tikilgancha qochib ketganini ko‘rish mumkin.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Suriya fuqarosi bo‘lib, Turkiyada terrorchi tashkilot deb e’lon qilingan Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP) bilan aloqasi borligini tan olgan. Qayd etish kerakki, Turkiya Shvetsiya va Finlyandiyadan NATOga a’zo bo‘lishini ma’qullash uchun KIP vakillarini ekstraditsiya qilishni talab qilyapti.