Sobiq "Ummon" guruhi xonandasi Jasur Rafiqov vafot etdi

© "Ummon" guruhi arxivi"Ummon" guruhi
Ummon guruhi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Madaniyat vazirligining Sputnik muxbiriga tasdiqlashicha, Jasur Rafiqov kecha tunda vafot etgan.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Sobiq "Ummon" guruhi xonandasi Jasur Rafiqov olamdan o‘tdi. Bu haqda guruhning a’zosi Shohrux o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
© Shohrux ijtimoiy tarmoqlaridagi surat"Ummon" guruhi
Ummon guruhi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
"Ummon" guruhi
Madaniyat vazirligining Sputnik muxbiriga tasdiqlashicha, xonanda kecha tunda vafot etgan.
Xonanda ancha yillardan beri og‘ir xastalik bilan kurashib kelayotgan edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u saratonga chalingan bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, guruh xonandalaridan yana biri Zohid Risqiyev sentabr oyi oxirlarida avtohalokatga uchragan edi va kasalxonada davolanmoqda.
Ma’lumot uchun, sobiq "Ummon" guruhi 2007-yilda tashkil topgan. Uning a’zolari Zohid Rixsiyev, Shohrux va Jasur Rafiqovlar.
Guruhning “Sokin tun”, “Qanday unutding”, “Ishon”, “Yettinchi qavat”, “Oq gulim” kabi qo‘shiqlari yoshlar orasida mashxur bo‘lgan.
Guruh birinchi konsertini 2010-yil “Turkiston” san’at saroyida, ikinchi konsertini esa 2011-yili “Istiqlol” san’at saroyida bergan.
Guruh 2018-yilda tarqalgan.
Yangiliklar lentasi
0