https://oz.sputniknews.uz/20221114/shveytsariya-ukrainaga-qurol-etkazib-bermaydi-29973263.html
Shveysariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
Shveysariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz, dedi Shveysariya prezidenti. 14.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-14T19:06+0500
2022-11-14T19:06+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
shveysariya
ukraina
sergey lavrov
nato
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23982306_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_0caadec6090c54328ffdc9b766daca3e.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Shveysariya Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaydi, qurolli mojarolarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat prezidenti Inyatsio Kassis ma’lum qildi.Shveysariya qurollarni reeksport qilishdan bosh tortgani uchun yevropalik hamkorlari tomonidan bosimga uchraydimi, degan savolga prezident “bosim har doim mavjud”, deya javob berdi.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan.
shveysariya
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0e/23982306_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_7c0c1835af3d38ef0d5f84da39ff7849.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shveysariya, ukraina, sergey lavrov, nato, rossiya
shveysariya, ukraina, sergey lavrov, nato, rossiya
Shveysariya Ukrainaga qurol yetkazib bermaydi
19:06 14.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz, dedi Shveysariya prezidenti.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Shveysariya Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlamaydi, qurolli mojarolarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ishtirok etmaydi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat prezidenti Inyatsio Kassis ma’lum
qildi.
“Birinchi jahon urushi paytida ham, hatto Ikkinchi jahon urushi paytida ham biz qurol eksport qilmaganmiz”, - dedi Kassis Parij tinchlik forumi chog‘ida.
Shveysariya qurollarni reeksport qilishdan bosh tortgani uchun yevropalik hamkorlari tomonidan bosimga uchraydimi, degan savolga prezident “bosim har doim mavjud”, deya javob berdi.
“Shveysariya, boshqa Yevropa davlatlari kabi, vaziyatning har tomonlama rivojlanishini kuzatib bormoqda. Biz kuchlarni birlashtirdik, YeI sanksiyalariga qo‘shildik, rekonstruksiya (Ukraina) va gumanitar yordam nuqtayi nazaridan harakat qilmoqdamiz. Ammo biz ikki yuz yil davomida aniq va barqaror xavfsizlik va tashqi siyosat yuritish imkonini bergan o‘z yo‘limizda – betaraflik yo‘lida davom etamiz. Biz buni o‘zgartirmaymiz. Biz turgan joyimizda qolamiz va bu biz qilayotgan ishlarga to‘liq mos keladi, deb o‘ylayman”, - dedi u.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan.