Shols Putinning G20 sammitida qatnashmasligidan afsusda ekanini bildirdi

© AP Photo / Markus SchreiberKansler Germanii Olaf Shols
Kansler Germanii Olaf Shols - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Germaniya kansleri Rossiya yetakchisining Indoneziyadagi G20 sammitida qatnashmaslik qaroriga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Balidagi G20 sammitida ishtirok etmaslik qaroridan afsusda ekanligini bildirdi. Bu haqda DPA xabar berdi.

“Prezident Putin G20 sammitiga borsa yaxshi bo‘lardi”, - degan siyosatchi Xanoyga amaliy tashrifi chog‘ida.

Uning fikricha, Rossiya rahbari ko‘plab mamlakatlarning savollariga duch kelishi kerak edi.
G20 yetakchilarining bu yilgi yig‘ilishi 15-16 noyabrkunlari Balida bo‘lib o‘tadi.
Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tushuntirishicha, Putinning sammitda ishtirok etmasligi uning jadvali va Rossiyada bo‘lishi kerakligi bilan bog‘liq. Prezident matbuot kotibining aytishicha, davlat rahbarining video yoki onlayn murojaati ham rejalashtirilmagan.
Yangiliklar lentasi
0