Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandi

© Dilshoda RaxmatovaSaida Mirziyoyeva na otkritii foruma jenshin-predprinimatelnis
Saida Mirziyoyeva na otkritii foruma jenshin-predprinimatelnis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri bo‘ldi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ushbu sho‘’ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
Saida Mirziyoyeva Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi. U ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari, 2020-yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.
Uning faoliyati davomida so‘z erkinligini ta’minlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.
Yangiliklar lentasi
0