Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Pavlovkani ozod qildi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie Rossii, arxivnoe foto
Voyennoslujashie Rossii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Shiddatli janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan Donesk xalq respublikasidagi Pavlovka aholi punkti to‘liq ozod qilindi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Donesk xalq respublikasidagi (DXR) Pavlovka aholi punkti shiddatli janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“14 noyabr kuni shiddatli janglar natijasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan Donesk xalq respublikasidagi Pavlovka aholi punkti to‘liq ozod qilindi”, - deyiladi xabarda.
Kuni kecha Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari natijasida Donenks yo‘naliidagi Mayorsk aholi punkti to‘liq ozod qilinganini ma’lum qilgan edi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0