https://oz.sputniknews.uz/20221114/ozbekiston-va-rossiya-ilmiy-tadqiqot-yonalishida-hamkorlik-qiladi-29971134.html
O‘zbekiston va Rossiya ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Rossiya ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki tomonlama hamkorlik yosh olimlarning xalqaro tanlovlarda ilmiy loyihalari bilan ishtirok etishi, akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma nashriyot... 14.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-14T17:01+0500
2022-11-14T17:01+0500
2023-04-05T18:41+0500
jamiyat
o‘zbekiston fanlar akademiyasi
olimlar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29971320_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_78d3579ba510d17f6df9b9461138bc4d.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchmetodik markazi va Rossiyaning Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.Bitim O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori Usarova Feruza va Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Valentina Komleva tomonidan imzolandi. Bitimni imzolashdan maqsad xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.Hamkorlikda quyidagilar amalga oshiriladi:Ma’lumot uchun, Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti mamlakatlararo va madaniyatlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash metodologiyasini ishlab chiqish markazi hisoblanadi.U do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, ilmiy diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot, axborot, nashriyot, loyiha ishlarini olib boradi. Mamlakatlar va mintaqalarning barqaror rivojlanishi, Rossiya va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish sohasida hokimiyat va boshqaruv organlari uchun hujjatlar loyihalari, tavsiyalar ishlab chiqadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29971320_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_874c1c95d67c5e41f9b2dfe2611aba1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston fanlar akademiyasi , olimlar, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida hamkorlik qiladi
17:01 14.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Ikki tomonlama hamkorlik yosh olimlarning xalqaro tanlovlarda ilmiy loyihalari bilan ishtirok etishi, akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma nashriyot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yaratib beradi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchmetodik markazi va Rossiyaning Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar
berdi. Bitim O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori Usarova Feruza va Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Valentina Komleva tomonidan imzolandi.
Bitimni imzolashdan maqsad xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va xalqaro ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Hamkorlikda quyidagilar amalga oshiriladi:
xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish, birgalikda ilmiy tadbirlar o‘tkazish;
qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
to‘plangan ilmiy axborot, ilmiy va tahliliy materiallar bilan tajriba almashish;
qo‘shma nashriyot loyihalarini amalga oshirish;
akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
qo‘shma dasturlarni amalga oshirish;
ilmiy loyihalari xalqaro tanlovlarida turli mamlakatlar vakillarining, jumladan, yosh olimlarning ishtirok etishiga ko‘maklashish.
Ma’lumot uchun, Kommunikatsiyalarni rivojlantirish milliy ilmiy-tadqiqot instituti mamlakatlararo va madaniyatlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash metodologiyasini ishlab chiqish markazi hisoblanadi.
U do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, ilmiy diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot, axborot, nashriyot, loyiha ishlarini olib boradi.
Mamlakatlar va mintaqalarning barqaror rivojlanishi, Rossiya va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish sohasida hokimiyat va boshqaruv organlari uchun hujjatlar loyihalari, tavsiyalar ishlab chiqadi.