O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tez orada parvozlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Islamabad.
Shavkat Mirziyoyev pribil s gosudarstvennim vizitom v Islamabad. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Aviaqatnovlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tez orada to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Radio Pakistan”.
Vazirning ta’kidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi iqtisodiyot va turizm sohalarida ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aviaqatnovlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda Karachi va Islomoboddan O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning sayyohlik integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun Samarqandda turizm bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishi ham qo‘shimcha qilgan.
2021 yil dekabr oyida Pokistonning PIA aviakompaniyasi vakillari O‘zbekiston Transport vazirligi bilan muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara o‘tkazgandi.
Yangiliklar lentasi
0