https://oz.sputniknews.uz/20221114/ozbekiston-agroekspress-orqali-rossiyaga-mahsulot-etkazib-berishni-kopaytirmoqchi-29970299.html
O‘zbekiston “Agroekspress” yordamida Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
O‘zbekiston “Agroekspress” yordamida Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Loyiha doirasida Yekaterinburg va Uzoq Sharqqa ham mahsulot yetkazib berish ko‘rib chiqilyapti. 14.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-14T16:42+0500
2022-11-14T16:42+0500
2023-04-05T18:41+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/16/22332415_0:0:1279:719_1920x0_80_0_0_1c37aed872840a7a6ae1e44e933323a8.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi “Agroekspress” orqali Rossiyaga yuk tashish geografiyasini kengaytirish haqida o‘ylamoqda. Loyiha doirasida Yekaterinburg va Uzoq Sharqqa mahsulot yetkazib berish ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev RIA Novostiga ma’lum qildi.Birinchi “Agroekspress” 2021-yil noyabr oyida muzlatilgan parranda go‘shti partiyasini muzlatkichli konteynerlarda Tambovdan Qozog‘iston orqali Toshkentga yetkazib bergandi. Qaytishda Rossiyaga meva-sabzavot olib ketdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yuklarni yetkazib berish bo‘yicha yangi punktlar 2023-yildayoq ishga tushishi mumkin.“Asosiy masala har ikki tomonda ham yuk bo‘lishi kerak”, - deydi Choriyev.Transport vaziri o‘rinbosari, xususan, “Agroekspress” orqali O‘zbekistonga Rossiya qandolatchilik mahsulotlari yetkazib berish ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.O‘zbekiston va Rossiyaning bir-biriga taklif qiladigan narsalari ko‘p – Manturov“Agroekspress” – bu “RJD Logistika” va Rossiya eksport markazining tezlashtirilgan konteyner poyezdlari yordamida Xitoy, Turkiya va MDH mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ixtisoslashgan xizmati.Rossiya temir yo‘llari va O‘zbekiston temir yo‘llari kelishuvlariga asosan 2021-yilda ilk bor “Agroekspress” loyihasi O‘zbekiston bilan ham ish boshlagan edi. Unga ko‘ra agrosanoat kompleksi yuklari temir yo‘l transportida juda tez fursat ichida Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladi.“Agroekspress”ning ilk qatnovi o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida amalga oshirilgan edi. Bugungi kunda ana shunday qatnovlarni oyiga 2 marotaba tashkil etish va 40 ta qirq futli avtonom refrijeratorli konteynerlar hajmiga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/16/22332415_0:0:802:602_1920x0_80_0_0_0a234af5bd38a9cf8f7e4df749a1837a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekiston “Agroekspress” yordamida Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirmoqchi
16:42 14.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Loyiha doirasida Yekaterinburg va Uzoq Sharqqa ham mahsulot yetkazib berish ko‘rib chiqilyapti.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi “Agroekspress” orqali Rossiyaga yuk tashish geografiyasini kengaytirish haqida o‘ylamoqda. Loyiha doirasida Yekaterinburg va Uzoq Sharqqa mahsulot yetkazib berish ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev RIA Novostiga ma’lum qildi.
Birinchi “Agroekspress” 2021-yil noyabr oyida muzlatilgan parranda go‘shti partiyasini muzlatkichli konteynerlarda Tambovdan Qozog‘iston orqali Toshkentga yetkazib bergandi. Qaytishda Rossiyaga meva-sabzavot olib ketdi.
“Biz hatto tovarlarni qabul qilish punktlarini kengaytirmoqdamiz, Yekaterinburg qo‘shilmoqda, biz Uzoq Sharq haqida gaplashdik, u yerda ham bu dolzarb mavzu”, - degan Choriyev “Agroekspress”ning harakat geografiyasi kengashi mumkinligiga izoh berib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yuklarni yetkazib berish bo‘yicha yangi punktlar 2023-yildayoq ishga tushishi mumkin.
“Asosiy masala har ikki tomonda ham yuk bo‘lishi kerak”, - deydi Choriyev.
Transport vaziri o‘rinbosari, xususan, “Agroekspress” orqali O‘zbekistonga Rossiya qandolatchilik mahsulotlari yetkazib berish ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi.
“Agroekspress” – bu “RJD Logistika” va Rossiya eksport markazining tezlashtirilgan konteyner poyezdlari yordamida Xitoy, Turkiya va MDH mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ixtisoslashgan xizmati.
Rossiya temir yo‘llari va O‘zbekiston temir yo‘llari kelishuvlariga asosan 2021-yilda ilk bor “Agroekspress” loyihasi O‘zbekiston bilan ham ish boshlagan edi. Unga ko‘ra agrosanoat kompleksi yuklari temir yo‘l transportida juda tez fursat ichida Rossiyadan O‘zbekistonga va O‘zbekistondan Rossiyaga yetkazib beriladi.
“Agroekspress”ning ilk qatnovi o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Moskva – Toshkent – Moskva yo‘nalishida amalga oshirilgan edi. Bugungi kunda ana shunday qatnovlarni oyiga 2 marotaba tashkil etish va 40 ta qirq futli avtonom refrijeratorli konteynerlar hajmiga yetkazish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.