Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

© AP Photo / Francisco SecoVzriv v sentre Stambula na ulitse Istiklyal
Vzriv v sentre Stambula na ulitse Istiklyal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Istanbul shahri Beyo‘g‘li tumanidagi Istiqlol ko‘chasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Istanbul shahri markazida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", - deyiladi
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbul markazidagi sayyohlarning sevimli ko‘chasi Istiqlolda portlash sodir bo‘ldi. Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 81 kishi jabrlangan. Istanbul Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Turkiya politsiyasi sodir etilgan terakt yuzasidan 46 kishini, jumladan, buni ijro etishda gumon qilinayotgan ayolni qo‘lga olgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga qaraganda, qo‘lga olingan ayol Suriya fuqarosi va u Turkiyada terrorchi deb topilgan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqasi borligini tan olgan.
Yangiliklar lentasi
0