Jamiyat

Madaniyat markazida oʻquvchilarni bepul ovqatlantirish yoʻlga qoʻyiladi

CC0 / pixabay.com / Raznotsvetnыe stulya v ryad
Raznotsvetnыe stulya v ryad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Madaniyat vazirligi madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirishga qaratilgan qaror loyihasini ishlab chiqdi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkent viloyati tajribasi asosida har bir tuman va shahardagi bittadan madaniyat markazlarida oʻquvchi-yoshlar uchun bir martalik tekin tamaddi qilish xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi. Madaniyat vazirligi buni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan.H
Hujjat madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirishga qaratilgan.
Unda 2023 yil sentyabrdan boshlab madaniyat markazlarida musiqa ijrochiligi va ashula toʻgaraklarini maxsus oʻquv dasturlari asosida pulli oʻqitishni yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan.
Shuningdek, madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan toʻgaraklar, studiyalar va kurslardan tashqari “STEAM – taʼlim” dasturi joriy etilishi va yangi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi ham nazarda tutilmoqda.
Hujjatda keltirilishicha, madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgarak ishtirokchilarining ishlarini ommalashtirish, targʻib qilish hamda sotuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini “Art shop” elektron doʻkonlari orqali dunyo bozoriga olib chiqiladi.
Qolaversa, 2024 yil dekabrga qadar Toshkent shahrida barcha qulayliklarga ega boʻlgan “Yangi Oʻzbekiston” madaniyat saroyini “Turkiston” sanʼat saroyining yozgi amfiteatri negizida barpo etish ham nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0