Lombardlar faoliyatiga ruxsat berish tartibi belgilanmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishRabota lombarda
Rabota lombarda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank tomonidan lombard faoliyatiga ruxsat berish va xabardor qilish tartibiga oid qaror loyihasi ishlab chiqildi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Endilikda lombardlar faoliyati Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Markaziy bank tegishli qaror loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanguniga qadar amalga oshiriladigan faoliyat g‘ayriqonuniy deb hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Davlat budjetiga olib qo‘yiladi.
Lombardning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘rsatma, shuningdek “lombard” degan so‘z bo‘lishi kerak.
Lombard ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori besh yuz million so‘mni tashkil etadi.
Lombard ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablag‘lardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘lardan foydalanish taqiqlanadi.
O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar lombardning muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari) bo‘lishi mumkin.
Lombardning ijro etuvchi organi rahbari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi oliy iqtisodiy ma’lumotga
yoki bank-moliya sohasida ikki yildan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga qabul qilib, fuqarolarga qisqa muddatli (uch oydan oshmagan muddatga) kreditlar beradi hamda fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char ashyolarni saqlashga qabul qiladi.
Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etganida, fuqarolar bilan shartnomalar tuzadi. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
Yangiliklar lentasi
0