https://oz.sputniknews.uz/20221113/xvj-rahbari-dunyo-iqtisodini-barbod-qilishi-mumkin-bolgan-ikki-davlatni-aytdi-29944892.html
XVJ rahbari dunyo iqtisodini "barbod qilishi" mumkin bo‘lgan ikki davlatni aytdi
XVJ rahbari dunyo iqtisodini "barbod qilishi" mumkin bo‘lgan ikki davlatni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, qarama-qarshi lagerlarga bo‘lingan jahon iqtisodiyoti yillik hisobda 1,5 foizga yoki 1,4 trillion dollardan ko‘proq qisqaradi. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T18:22+0500
2022-11-13T18:22+0500
2022-11-13T18:22+0500
dunyoda
xitoy
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29944731_0:116:3231:1933_1920x0_80_0_0_a6609f461e50239bcd33c1026ed26004.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat dunyoni qarama-qarshi bloklarga bo‘lib tashlamoqda, bu esa yangi sovuq urushga olib kelishi mumkin, deb yozadi “The Washington Post” Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaga tayanib.Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi yangi savdo to‘siqlari o‘rta sinf va kambag‘al uy xo‘jaliklariga zarar yetkazadigan halokatli siklni boshlashi mumkin.“Men global iqtisodiyotning parchalanishi chuqurlashib borayotganidan xavotirdaman, bu bizni qashshoqroq va xavfsiz bo‘lmagan dunyoga olib kelishi mumkin. Men birinchi sovuq urushni boshdan kechirdim. Ikkinchisini boshlash mas’uliyatsiz g‘oya”, - deya ta’kidladi Georgiyeva.U AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Xitoydan keladigan tovarlarga bojlar joriy etish qarorini misol qilib keltirdi.“Bu chora-tadbirlar amerikalik iste’molchilarni Xitoy tovarlari uchun qimmatroq narx to‘lashga majbur qildi”, - deydi XVJ boshqaruvchi direktoriXVJ ma’lumotlariga tayangan nashrga ko‘ra, qarama-qarshi lagerlarga bo‘lingan jahon iqtisodiyoti yillik hisobda 1,5 foizga yoki 1,4 trillion dollardan ko‘proq qisqaradi.“Har bir harakatni diqqat bilan ko‘rib chiqish muhim. Jahon savdo aloqalarining buzilishi va mamlakatlarning proteksionizm siyosatiga o‘tishi ishchilar sinfiga zarar yetkazadi va narxlarning keskin oshishiga olib keladi”, - deya xulosa qildi ekspert.Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Pnompendagi Sharqiy Osiyo sammitida (ShOS) chiqishi chog‘ida AQSh Xitoy bilan raqobatlashishini, biroq raqobat ziddiyatga aylanmasligini nazoratga olishini aytgandi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29944731_249:0:2980:2048_1920x0_80_0_0_7df4498c3102122d5d333ed5bda92310.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, aqsh
XVJ rahbari dunyo iqtisodini "barbod qilishi" mumkin bo‘lgan ikki davlatni aytdi
XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, qarama-qarshi lagerlarga bo‘lingan jahon iqtisodiyoti yillik hisobda 1,5 foizga yoki 1,4 trillion dollardan ko‘proq qisqaradi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ziddiyat dunyoni qarama-qarshi bloklarga bo‘lib tashlamoqda, bu esa yangi sovuq urushga olib kelishi mumkin, deb
yozadi “The Washington Post” Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyevaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi yangi savdo to‘siqlari o‘rta sinf va kambag‘al uy xo‘jaliklariga zarar yetkazadigan halokatli siklni boshlashi mumkin.
“Men global iqtisodiyotning parchalanishi chuqurlashib borayotganidan xavotirdaman, bu bizni qashshoqroq va xavfsiz bo‘lmagan dunyoga olib kelishi mumkin. Men birinchi sovuq urushni boshdan kechirdim. Ikkinchisini boshlash mas’uliyatsiz g‘oya”, - deya ta’kidladi Georgiyeva.
U AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Xitoydan keladigan tovarlarga bojlar joriy etish qarorini misol qilib keltirdi.
“Bu chora-tadbirlar amerikalik iste’molchilarni Xitoy tovarlari uchun qimmatroq narx to‘lashga majbur qildi”, - deydi XVJ boshqaruvchi direktori
XVJ ma’lumotlariga tayangan nashrga ko‘ra, qarama-qarshi lagerlarga bo‘lingan jahon iqtisodiyoti yillik hisobda 1,5 foizga yoki 1,4 trillion dollardan ko‘proq qisqaradi.
“Har bir harakatni diqqat bilan ko‘rib chiqish muhim. Jahon savdo aloqalarining buzilishi va mamlakatlarning proteksionizm siyosatiga o‘tishi ishchilar sinfiga zarar yetkazadi va narxlarning keskin oshishiga olib keladi”, - deya xulosa qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Pnompendagi Sharqiy Osiyo sammitida (ShOS) chiqishi chog‘ida AQSh Xitoy bilan raqobatlashishini, biroq raqobat ziddiyatga aylanmasligini nazoratga olishini aytgandi.