https://oz.sputniknews.uz/20221113/ukraina-qoshinlari-kaxovka-ges-va-novaya-kaxovkaga-hujum-qildi-29943577.html
Ukraina qo‘shinlari Kaxovka GES va Novaya Kaxovkaga zarba berdi
Ukraina qo‘shinlari Kaxovka GES va Novaya Kaxovkaga zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Kecha ikki kishi Ukraina Qurolli Kuchlari hujumlari qurboni bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T16:28+0500
2022-11-13T16:28+0500
2022-11-13T16:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
xerson viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29943410_0:3:942:533_1920x0_80_0_0_3bc4bd555df45b41bbbd2f9efe8f4079.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Kechqurun va tun bo‘yi Ukraina qo‘shinlari Novaya Kaxovka va Kaxovka gidroelektr stansiyasini o‘qqa tutishda davom etdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga shahar ma’muriyati rahbari Vladimir Leontyev ma’lum qildi.Leontyevning so‘zlariga ko‘ra, kecha ikki kishi Ukraina Qurolli Kuchlari hujumlari qurboni bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan.Ma’muriyat rahbarining ta’kidlashicha, Kiyev rejimi hali ham GESni ishdan chiqarishga harakat qilmoqda.“Artilleriyalar faolligi va raketa zarbalari soniga ko‘ra, ular GESni yo‘q qilish g‘oyasidan voz kechmadilar”, - deydi u, barcha zararlarga qaramay, stansiya ishlashda davom etayotganini qo‘shimcha qilib.Oktabr oyi o‘rtalarida Xerson viloyati hukumati Ukrainaning doimiy o‘qqa tutishi va Kaxovka GES to‘g‘oniga zarba berilganda hududni suv bosishi xavfi tufayli aholini Dneprning o‘ng qirg‘og‘idan ko‘chirishni boshlagandi. 9-noyabrga qadar 115 mingdan ortiq odam jangovar hududni tark etgan.Harbiylarning hayotini va jangovar qobiliyatini saqlab qolish uchun rus qo‘shinlari ham Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkazildi. Operatsiya 11-noyabr kuni yakunlandi va hech qanday shaxsiy tarkib va artilleriya yo‘qotishlarsiz kechdi.Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29943410_115:0:827:534_1920x0_80_0_0_95c1124a649bdf9fce7208de0b6971dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xerson viloyati
Ukraina qo‘shinlari Kaxovka GES va Novaya Kaxovkaga zarba berdi
16:28 13.11.2022 (yangilandi: 16:36 13.11.2022) Kecha ikki kishi Ukraina Qurolli Kuchlari hujumlari qurboni bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Kechqurun va tun bo‘yi Ukraina qo‘shinlari Novaya Kaxovka va Kaxovka gidroelektr stansiyasini o‘qqa tutishda davom etdi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga shahar ma’muriyati rahbari Vladimir Leontyev
ma’lum qildi. “Nafaqat GESga, balki butun shahar bo‘ylab raketa va artilleriya hujumlari uyushtirildi. Vayronagarchilik bor: turar-joy binolari, mehmonxona, shahar binolari, tarmoqlar”, - deydi u.
Leontyevning so‘zlariga ko‘ra, kecha ikki kishi Ukraina Qurolli Kuchlari hujumlari qurboni bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan.
Ma’muriyat rahbarining ta’kidlashicha, Kiyev rejimi hali ham GESni ishdan chiqarishga harakat qilmoqda.
“Artilleriyalar faolligi va raketa zarbalari soniga ko‘ra, ular GESni yo‘q qilish g‘oyasidan voz kechmadilar”, - deydi u, barcha zararlarga qaramay, stansiya ishlashda davom etayotganini qo‘shimcha qilib.
Oktabr oyi o‘rtalarida Xerson viloyati hukumati Ukrainaning doimiy o‘qqa tutishi va Kaxovka GES to‘g‘oniga zarba berilganda hududni suv bosishi xavfi tufayli aholini Dneprning o‘ng qirg‘og‘idan ko‘chirishni boshlagandi. 9-noyabrga qadar 115 mingdan ortiq odam jangovar hududni tark etgan.
Harbiylarning hayotini va jangovar qobiliyatini saqlab qolish uchun rus qo‘shinlari ham Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkazildi. Operatsiya 11-noyabr kuni yakunlandi va hech qanday shaxsiy tarkib va artilleriya yo‘qotishlarsiz kechdi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.