https://oz.sputniknews.uz/20221113/prezident-tibbiyot-tizimi-mablagni-bevosita-bemorga-sarflash-tamoyilida-moliyalashtiriladi-29937749.html
Prezident: tibbiyot tizimi “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyilida moliyalashtiriladi
Prezident: tibbiyot tizimi “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyilida moliyalashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Mablag‘lar tibbiyot muassasalariga umumiy tarzda emas, balki davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlardan kelib chiqqan holda yo‘naltiriladi 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T11:27+0500
2022-11-13T11:27+0500
2022-11-13T11:27+0500
siyosat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29490719_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_1a946adc91b0f32a177a3bd36bbbe01e.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bundan buyon tibbiyot tizimini “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyili asosida moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr – Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tibbiyot sohasi vakillariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.Tabrikda qayd etilishicha, joriy yilda soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotlar ham har tomonlama foydali bo‘lgan. Buning natijasida 2022-yilda sohaga oid yigirmadan ziyod qonun, farmon va qarorlar hamda boshqa zarur meyoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.Davlat rahbari tibbiyot sohasini rivojlantirish jarayonida, avvalo, bu boradagi mavjud munosabat va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini hayotga joriy etish ustuvor masala bo‘lib qolayotganini qayd etgan.Mirziyoyev mamlakatda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish maqsadida ushbu klinikalarga soliq va bojxona imtiyozlari berilib, majburiy turistik yig‘imlar bekor qilindi hamda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etilganini eslatib o‘tgan.Yaqinda soha xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirilib, ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish hamda ustama to‘lovlari joriy etilgani ham bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lganini qayd etgan.Prezident sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali oldindi bajarish zarur bo‘lgan vazifalar ham yetarli ekanini ta’kidlagan.Bugungi kunda bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ularning tanloviga hurmat bilan qarash zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.Mirziyoyev aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham davlatning ustuvor vazifasi bo‘lib qolishini urg‘ulagan.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-mart kuni sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqotda tibbiyot tizimi “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” degan tamoyil asosida moliyalashtirishga o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1a/29490719_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_fb9dee3e1442d17785a8acf61835430c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), shavkat mirziyoyev
siyosat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), shavkat mirziyoyev
Prezident: tibbiyot tizimi “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyilida moliyalashtiriladi
Mablag‘lar tibbiyot muassasalariga umumiy tarzda emas, balki davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlardan kelib chiqqan holda yo‘naltiriladi
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bundan buyon tibbiyot tizimini “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyili asosida moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr – Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tibbiyot sohasi vakillariga yo‘llagan tabrigida
ma’lum qildi. Tabrikda qayd etilishicha, joriy yilda soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotlar ham har tomonlama foydali bo‘lgan. Buning natijasida 2022-yilda sohaga oid yigirmadan ziyod qonun, farmon va qarorlar hamda boshqa zarur meyoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Davlat rahbari tibbiyot sohasini rivojlantirish jarayonida, avvalo, bu boradagi mavjud munosabat va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirib, “inson – jamiyat – davlat” tamoyilini hayotga joriy etish ustuvor masala bo‘lib qolayotganini qayd etgan.
Mirziyoyev mamlakatda xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirish maqsadida ushbu klinikalarga soliq va bojxona imtiyozlari berilib, majburiy turistik yig‘imlar bekor qilindi hamda davlat mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat etilganini eslatib o‘tgan.
Yaqinda soha xodimlarining oylik maoshi 30 foizgacha oshirilib, ish samaradorligi va natijasiga qarab tabaqalashtirilgan rag‘batlantirish hamda ustama to‘lovlari joriy etilgani ham bu yo‘ldagi muhim qadam bo‘lganini qayd etgan.
Prezident sog‘liqni saqlash tizimida erishilayotgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali oldindi bajarish zarur bo‘lgan vazifalar ham yetarli ekanini ta’kidlagan.
Bugungi kunda bemorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ularning tanloviga hurmat bilan qarash zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilmoqda.
“Ana shu zaruratdan kelib chiqib, bundan buyon tibbiyot tizimini “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” tamoyili asosida moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ya’ni, mablag‘lar tibbiyot muassasalariga umumiy tarzda emas, balki davolangan bemorlarga sarflangan xarajatlardan kelib chiqqan holda yo‘naltiriladi”, - deyiladi prezident tabrigida.
Mirziyoyev aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, har bir fuqaroning sog‘lig‘ini asrab-avaylash, ularni malakali tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish masalalari bundan buyon ham davlatning ustuvor vazifasi bo‘lib qolishini urg‘ulagan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 18-mart kuni sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqotda tibbiyot tizimi “mablag‘ni bevosita bemorga sarflash” degan tamoyil asosida moliyalashtirishga o‘tkazilishini
ma’lum qilgan edi.