https://oz.sputniknews.uz/20221113/ozbekiston-turksoy-tuzilmasi-togrisidagi-shartnomani-ratifikatsiya-qildi-29944180.html
O‘zbekiston TURKSOY tuzilmasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
O‘zbekiston TURKSOY tuzilmasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda tashkil etilgan. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T21:13+0500
2022-11-13T21:13+0500
2022-11-13T21:13+0500
siyosat
xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (turksoy)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29831283_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8d15963dcd3f3b01bd56e83638e697c2.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.Qonun bilan TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma (Olmaota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilindi.Ma’lumot uchun, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.O‘zbekistonning TURKSOYga a’zo bo‘lishi boy madaniy-ma’naviy merosni keng targ‘ib qilish, mamlakatning "Turkiy dunyo beshigi" sifatidagi imijini oshirish, ziyorat turizmini rivojlantirish hamda madaniyat sohasidagi qo‘shma loyihalarni jadal ilgari surishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29831283_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_edc7e46eb24b6fb0f7aa9185b00fdfdd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (turksoy), o‘zbekiston
siyosat, xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (turksoy), o‘zbekiston
O‘zbekiston TURKSOY tuzilmasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda tashkil etilgan.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni “TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi
qonunni imzoladi.
Qonun bilan TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma (Olmaota, 1993-yil 12-iyul) ratifikatsiya qilindi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.
O‘zbekistonning TURKSOYga a’zo bo‘lishi boy madaniy-ma’naviy merosni keng targ‘ib qilish, mamlakatning "Turkiy dunyo beshigi" sifatidagi imijini oshirish, ziyorat turizmini rivojlantirish hamda madaniyat sohasidagi qo‘shma loyihalarni jadal ilgari surishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.