https://oz.sputniknews.uz/20221113/ozbekiston-sanoatini-rivojlantirishga-katta-hissa-qoshgan-akademik-vafot-etdi-29939668.html
O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan akademik vafot etdi
O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan akademik vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori Hasan Sharipov olamdan o‘tdi. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T13:04+0500
2022-11-13T13:04+0500
2022-11-13T13:04+0500
jamiyat
vafot etdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29939347_0:104:671:481_1920x0_80_0_0_6c4a6043d093989aae6e2457ea860936.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor, Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademigi Hasan Sharipov bugun, 13-noyabr kuni, vafot etdi.Hasan Sharipov 1947-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Moskvada M.V.Lomonosov nomidagi nozik kimoviy texnologiya institutiga kirib, Kamob va tarqoq elementlarning kimoviy texnologiyasi mutaxassisligi yo‘nalishida tahsil olgan. Keyin ushbu dargohga aspiranturaga kirib, 1974-yilda “SeF3 asosidagi faollashtirilgan kristallarni spektroskopik tahlil qilish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.Uning keyingi ilmiy faoliyati O‘zbekiston fanlar akademiyasi Kimyo instituti bilan bog‘langan. 1976-yilda O‘zR FA Kimyo instituti fizik-kimoviy tadqiqot usullari laboratoriyasining ilmiy xodimi lavozimida faoliyatini boshlagan. Ko‘p vaqt o‘tmay Hasan Turobovich ushbu laboratoriyaning mudiri etib tayinlangan va deyarli 20-yil mobaynida o‘z ilmiy faoliyatini shu laboratoriya bilan chambarchas bog‘lab juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.Olim 1990-yilda “d- va f-metallar ayrim sinf noorganik birikmalarining kristallokimosi va spektrokimosi” mavzusida noorganik kimyo va fizikaviy kimyo ixtisosliklari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1992-yilda professor unvonini olgan.U 1995-yilda Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademikligiga saylangan. Hasan Turobovich 1994-yilda “Yangi materiallar” ilmiy kengashining “Kamob metallar asosidagi materiallar” seksiyasining raisi etib saylangan.Hasan Sharipov mustaqil O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimlardandir. 1994-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Maxsus qotishma” Respublika tashkiloti rahbarining ilmiy ishlar va loyihalash bo‘yicha o‘rinbosari va 2000-yildan ushbu tashkilotning rahbari lavozimlariga tayinlangan. 1999–2000 yillarda “O‘zolmosoltin” assotsiatsiyasiga qarashli “O‘zrangmetloyiha” institutining direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hasan Sharipov mamlakatning qator yirik korxonalarida ilmiy maslahatchisi bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0d/29939347_0:41:671:544_1920x0_80_0_0_7a9ff5fcb25f985e98c5b2a5df93b0de.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, vafot etdi
O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan akademik vafot etdi
O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori Hasan Sharipov olamdan o‘tdi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. O‘zbekiston fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor, Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademigi Hasan Sharipov bugun, 13-noyabr kuni,
vafot etdi. Hasan Sharipov 1947-yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yil Moskvada M.V.Lomonosov nomidagi nozik kimoviy texnologiya institutiga kirib, Kamob va tarqoq elementlarning kimoviy texnologiyasi mutaxassisligi yo‘nalishida tahsil olgan. Keyin ushbu dargohga aspiranturaga kirib, 1974-yilda “SeF3 asosidagi faollashtirilgan kristallarni spektroskopik tahlil qilish” mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Uning keyingi ilmiy faoliyati O‘zbekiston fanlar akademiyasi Kimyo instituti bilan bog‘langan. 1976-yilda O‘zR FA Kimyo instituti fizik-kimoviy tadqiqot usullari laboratoriyasining ilmiy xodimi lavozimida faoliyatini boshlagan. Ko‘p vaqt o‘tmay Hasan Turobovich ushbu laboratoriyaning mudiri etib tayinlangan va deyarli 20-yil mobaynida o‘z ilmiy faoliyatini shu laboratoriya bilan chambarchas bog‘lab juda katta muvaffaqiyatlarga erishgan.
Olim 1990-yilda “d- va f-metallar ayrim sinf noorganik birikmalarining kristallokimosi va spektrokimosi” mavzusida noorganik kimyo va fizikaviy kimyo ixtisosliklari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va 1992-yilda professor unvonini olgan.
U 1995-yilda Axborotlashtirish xalqaro akademiyasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” bo‘limi akademikligiga saylangan. Hasan Turobovich 1994-yilda “Yangi materiallar” ilmiy kengashining “Kamob metallar asosidagi materiallar” seksiyasining raisi etib saylangan.
Hasan Sharipov mustaqil O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan olimlardandir. 1994-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Maxsus qotishma” Respublika tashkiloti rahbarining ilmiy ishlar va loyihalash bo‘yicha o‘rinbosari va 2000-yildan ushbu tashkilotning rahbari lavozimlariga tayinlangan. 1999–2000 yillarda “O‘zolmosoltin” assotsiatsiyasiga qarashli “O‘zrangmetloyiha” institutining direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Hasan Sharipov mamlakatning qator yirik korxonalarida ilmiy maslahatchisi bo‘lgan.