Lavrov: Rossiya va Xitoyning pozitsiyasini ASEANning ko‘plab a’zolari qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Xitoy ASEANning markaziy rolini saqlab qolish zarurligi tarafori, lekin G‘arbning o‘z rejalari bor.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya va Xitoy Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) rolini saqlab qolishda hamjihat, ammo G‘arbning o‘z rejalari bor. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kambodjada bo‘lib o‘tgan Sharqiy Osiyo sammitidagi nutqidan keyingi brifingda ma’lum qildi.

“Bir necha o‘n yillar davomida ASEAN tashabbusi atrofida rivojlanib kelgan, uning atrofida xavfsizlik va hamkorlikning inklyuziv, ochiq, teng tuzilmasi rivojlangan Osiyo-Tinch okeani hududini hozirda AQSh va uning ittifoqchilari hamda NATOni o‘zlashtirishga harakat qilmoqda... Hamma uchun ham ochiq bo‘lmagan, ASEAN atrofida yaratilgan inklyuziv tuzilmalar bilan mohiyatan raqobatlashadigan va Xitoyni tiyishga, Rossiyaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi manfaatlarini nishonga olgan, mintaqani harbiylashtirishga qaratilgan formatlar ilgari surilmoqda”, - deydi Lavrov.

Xususan, Rossiya TIV rahbari Yangi Zelandiya, Kanada va Yaponiyani “faol tarzda jalb qilishga urinayotgan” AUKUS harbiy blokiga ishora qildi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, “dengiz faoliyati monitoringini tashkil etish bo‘yicha yopiq tashabbuslar ilgari surilmoqda”.
“Xitoylik do‘stlarimiz buni yaxshi bilishadi, biz ular bilan birgalikda ASEAN atrofida yaratilgan formatlarni saqlab qolish maqsadga muvofiqligi va zarurligini yoqlaymiz, biz kelajakda ASEANning markaziy rolini saqlab qolish zarurligi taraforimiz, lekin G‘arbning o‘z rejalari bor va bugun bu juda aniq eshitilyapti”, - deya Lavrovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoyning pozitsiyasi ko‘plab ASEAN a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
“Bizning ASEAN rolini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha pozitsiyamiz hamkorlarimiz tomonidan yuqori baholanyapti”, - deb ishontirgan Lavrov.
Yangiliklar lentasi
0