https://oz.sputniknews.uz/20221113/bmt-29939106.html
BMT Ukrainada rus harbiylari viagradan foydalanganining dalilini topa olmadi
BMT Ukrainada rus harbiylari viagradan foydalanganining dalilini topa olmadi
Sputnik O‘zbekiston
Tashkilotning maxsus vakili Pramila Patten prankerlar bilan suhbatda mutaxassislar bu ayblovga oid tegishli dalillarni topa olishmaganini tan oldi. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-13T19:14+0500
2022-11-13T19:14+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
bmt
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27377344_0:119:3219:1930_1920x0_80_0_0_52182765d9f93b2ff923f699a767472b.jpg
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Avvalroq Rossiya harbiylarini Ukrainada tinch aholini zo‘rlashda viagra qo‘llaganlikda ayblagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Patten prankerlar bilan suhbatda mutaxassislar hali tegishli dalillarni topa olmaganini va uning o‘zi ham tergov o‘tkaza olmasligini aytdi.“Avval aytganimdek, mening vazifam tergov olib borish emas. Mening ofisimning roli boshqa. Men profilaktika va javob choralarini amalga oshirish doirasida strategik rahbarlikni ta’minlash uchun himoya qilish vakolatiga egaman”, - deydi Patten o‘zini Ukraina deputati Aleksandr Merejko sifatida tanishtirgan prankerlar Vovan va Leksus bilan suhbatda.Ularning suhbati yozuvi prankerlarning Rutube᾽dagi akkauntida joylashtirilgan.“Ammo may oyida Kiyevdan qaytgach, ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilganimda, jabrlanganlar va frontda ishlayotgan tibbiy xizmatlardan, Mariupoldagi binolar yerto‘lalarida ayollar va qizlar hibsda saqlangani, bir necha kun davomida guruh bo‘lib zo‘rlangani, rus askarlari viagra va boshqa dorilar bilan ta’minlanayotgani haqida xabarlar olganimni aytgandim”, - deya qo‘shimcha qildi u.Ushbu mavzu bo‘yicha biron bir tekshiruv o‘tkazildimi, degan savolga Patten tergov o‘tkazish uning ishi emasligini aytib, javob bergan.“Menda bunday vakolat yo‘q. Men Nyu-Yorkda, ofisda o‘tiraman va menda manfaatlar himoya qilish vakolatlari bor. Tergovni inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha kuzatuv guruhi va Xalqaro tergov komissiyasi olib borishda davom etmoqda. Ularning hisobotida viagra haqida hali hech narsa yo‘q”, - deydi u.Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq Pattenning Rossiya armiyasiga qarshi ayblovlari mantiq doirasidan chiqish, bu klassik “xayli laykli” ekanligini, ammo bu safar axloqsiz fantaziya darajasida ekanligini aytgandi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27377344_244:0:2975:2048_1920x0_80_0_0_1f263b04910a67a7d0422753d41743a5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, bmt, ukraina, rossiya
dunyoda, bmt, ukraina, rossiya
BMT Ukrainada rus harbiylari viagradan foydalanganining dalilini topa olmadi
19:14 13.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Tashkilotning maxsus vakili Pramila Patten prankerlar bilan suhbatda mutaxassislar bu ayblovga oid tegishli dalillarni topa olishmaganini tan oldi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Avvalroq Rossiya harbiylarini Ukrainada tinch aholini zo‘rlashda viagra qo‘llaganlikda ayblagan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Patten prankerlar bilan suhbatda mutaxassislar hali tegishli dalillarni topa olmaganini va uning o‘zi ham tergov o‘tkaza olmasligini aytdi.
“Avval aytganimdek, mening vazifam tergov olib borish emas. Mening ofisimning roli boshqa. Men profilaktika va javob choralarini amalga oshirish doirasida strategik rahbarlikni ta’minlash uchun himoya qilish vakolatiga egaman”, - deydi Patten o‘zini Ukraina deputati Aleksandr Merejko sifatida tanishtirgan prankerlar Vovan va Leksus bilan suhbatda.Ularning suhbati yozuvi prankerlarning Rutube᾽dagi
akkauntida joylashtirilgan.“Ammo may oyida Kiyevdan qaytgach, ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilganimda, jabrlanganlar va frontda ishlayotgan tibbiy xizmatlardan, Mariupoldagi binolar yerto‘lalarida ayollar va qizlar hibsda saqlangani, bir necha kun davomida guruh bo‘lib zo‘rlangani, rus askarlari viagra va boshqa dorilar bilan ta’minlanayotgani haqida xabarlar olganimni aytgandim”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ushbu mavzu bo‘yicha biron bir tekshiruv o‘tkazildimi, degan savolga Patten tergov o‘tkazish uning ishi emasligini aytib, javob bergan.
“Menda bunday vakolat yo‘q. Men Nyu-Yorkda, ofisda o‘tiraman va menda manfaatlar himoya qilish vakolatlari bor. Tergovni inson huquqlariga rioya qilish bo‘yicha kuzatuv guruhi va Xalqaro tergov komissiyasi olib borishda davom etmoqda. Ularning hisobotida viagra haqida hali hech narsa yo‘q”, - deydi u.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova avvalroq Pattenning Rossiya armiyasiga qarshi ayblovlari mantiq doirasidan chiqish, bu klassik “xayli laykli” ekanligini, ammo bu safar axloqsiz fantaziya darajasida ekanligini aytgandi.