AQShdagi aviashouda ikkita harbiy samolyot to‘qnashdi

CC0 / Pixabay / Samolet v nebe
Samolet v nebe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2022
Obuna bo‘lish
Boeing B-17samolyotida besh nafar, P-63 Kingcobra samolyotida bir nafar ekipaj a’zosi bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. AQShning Dallas shahridagi aviashouda B-17 bombardimonchi samolyoti P-63 Kingcobra qiruvchisi samolyoti bilan to‘qnashib, halokatga uchradi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
“Halokat Dallas aeroportida Ikkinchi jahon urushi qiruvchi samolyotlarining parvozi namoyishi bo‘lib o‘tayotgan Wings Over Dallas tadbiri chog‘ida yuz berdi”, - deyiladi telekanal xabarida.
Qayd etilishicha, mahalliy hokimiyatda hozircha samolyot bortidagi uchuvchilar va ularning ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.
Ko‘rgazma tashkilotchilari vakili Liya Blokning ABC’ga aytishicha, Boeing B-17samolyotida besh nafar, P-63 Kingcobra samolyotida bir nafar ekipaj a’zosi bo‘lishi mumkin.
Shahar meri Erik Jonsonning aytishicha, yerdagilardan hech kim jabrlanmagan. Samolyot vayronalari aeroport hududi, avtomagistral va unga yaqin joylashgan savdo markazi yaqiniga qulagan. Federal aviatsiya ma’muriyati va Milliy transport xavfsizligi kengashi hodisa yuzasidan tergov o‘tkazish niyatida.
Yangiliklar lentasi
0