Nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida energetika vaziri boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib borgan. 13.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasining (IES) energoblokida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib borgan.Nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigada tashkil etilgan va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlangan.Hozir Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, shuningdek, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi.Angren IES Toshkent viloyatida joylashgan va O‘zbekiston birlashgan energetika tizimi tarkibiga kiradi. U Angren shahri Toshkent viloyatining boshqa tumanlarini elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
Nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida energetika vaziri boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib borgan.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi Angren issiqlik elektr stansiyasining (IES) energoblokida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligida vazirlik rahbariyati zudlik bilan mazkur stansiyaga yetib borgan.
Nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha maxsus brigada tashkil etilgan va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan. Ta’mirlash ishlari qisqa vaqt ichida yakunlangan.
Hozir Angren shahriga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda, shuningdek, qisqa vaqt ichida issiqlik energiyasi yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Angren IES Toshkent viloyatida joylashgan va O‘zbekiston birlashgan energetika tizimi tarkibiga kiradi. U Angren shahri Toshkent viloyatining boshqa tumanlarini elektr energiyasi va issiqlik bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.