Toshkentda ilk bor xalqaro hunarmandchilik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

© IA «Jaxon” / Anvar IlyasovUzbek v natsionalnoy odejde
Uzbek v natsionalnoy odejde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Obuna bo‘lish
Yarmarkada - kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatura hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etiladi.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. O‘zbekistonda birinchi marotaba “CRAFT FAIR UZBEKISTAN” - Xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Hunarmanchlik yarmarkasi Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz"da 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik, milliy matolar, miniatura kabi 20 dan ortiq milliy hunarmandchilik mahsulotlarining ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar yurtimizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur yarmarkaning o‘tkazilishi ham avvalo hunarmandchilikda xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan”, - dedi “Hunarmand” uyushmasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Xotamova.
Shunindek, mutxassis yarmarkada taqdim etilayotgan mahsulotlar ichki bozorda ham xaridorlarini topishiga umid bildirdi.
“Yarmarkada milliy hunarmandchilik maktablariga xos mahsulotlarni hamda yaqinlashib kelayotgan yangi yil uchun mahalliy hunarmandlar qo‘li bilan yasalgan sovg‘alarni xarid qilish mumkin, shu bilan birga, hunarmandchilik dastgohlari ham sotuvga qo‘yiladi”, dedi mutaxassis.
© CRAFT FAIR UZBEKISTANYarmarka remesel v Tashkente
Yarmarka remesel v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Yarmarka remesel v Tashkente
Yarmarkada shuningdek, O‘zbekiston bilan birga yettita xorijiy davlatlar Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokistondan hunarmandlar ishtiroki rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida shuningdek, kulol Alisher Narzullayev, zargar Tohir Muhammedov, kashtachi Ahmad Arabov, kulol Shokir Ahmadjonov, adras va atlas to‘quvchi, gilamdo‘z Ibrohim Sultonov kabi hunarmandlarning mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
Tadbirda Novica, Wildberries va Alibaba kabi xalqaro hamda Joyda, CraftmeetsDesign, iHunar kabi maxalliy onlayn marketpleys va platformalar orqali ham savdo va marketing xizmatlari tashkil etilishi rejalashtirlgan.
Yarmarka tashkilotchilari - "Hunarmand" uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi.
Yarmarkani tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0