O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatidan yorqin g‘alaba bilan qaytmoqda
© Federatsiya boksa UzbekistanaChempionat Azii po boksu
Obuna bo‘lish
O‘zbkiston jamoasi Ummondan 6ta oltin, 3ta kumush va 4ta bronza medallar bilan qaytmoqda.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Bugun Ummonda boks bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlanda. O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
© Federatsiya boksa UzbekistanaChempionat Azii po boksu
Chempionat Azii po boksu
Musobaqaning so‘nggi kunida bo‘lib o‘tgan final bahslarida turli vazn toifalarida 7 nafar o‘zbeistonlik bokschilar ringga ko‘tarilishdi.
Birinchi g‘alabani Olmpiya chempioni 51 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi taniqli bokschi Hasanboy Do‘smatov sovg‘a qildi. U qozog‘istonlik Saken Bibosinov ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu bilan Hasanboy Do‘smatov – uch karra Osiyo chempioni bo‘ldi.
57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov Osiyo chempionati finalida qozog‘istonlik Serik Temirjanov bilan jang o‘tkazib, g‘alaba qozondi.
63.5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullayev Osiyoning yangi chempioniga aylandi. 1 - raund Ruslanning ustunligida o‘tdi, hindistonlik raqib Shiva Tapa ikkinchi raundda jarohat olib bahsni tark etdi.
75 kg vazda ham o‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarov Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu qatorasiga ikkinchi yil! Buxorolik bokschi finalda qozog‘istonlik Nurkanat Rayisdan ustun keldi.
80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov kumush medal sohibi bo‘ldi. Final bahsida mezbon sportchi - iordaniyalik Husayn Iashish ustun keldi. Ushbu jang o‘zining yuqori tempi bilan boshqalaridan ajralib turdi. Bahs davomida har ikki bokschi ham nokdaun holatiga tushgani bahs shiddatli o‘tganidan dalolat beradi.
92 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi final jangida Madiyar Saidrahimov qozog‘istonlik Aybek Oralbayga ringga chiqdi. Ushbu bellashuvda Oralbayning qo‘li baland keldi va Madiyar kumush medal sohibiga aylandi.
+92 kg vazn toifasida Lazizbek Mullojonov qozog‘istonlik raqibi, Olimpiada sovrindori Kamshibek Konkabayev ustidan g‘alaba qozondi. O‘zbekiston hisobiga yana bir oltin medal qo‘shildi.
© Federatsiya boksa UzbekistanaChempionat Azii po boksu
Chempionat Azii po boksu
Undan tashqari ushbu musobaqaning ayollar bahsida 66 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova ham otin medalni, 75 kg vazn toifasida esa Sohiba Ro‘zmetova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek Farzona Fozilova bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqda Ummonda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo Chempionatini O‘zbekiston 5ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medali (erkaklar) hamda bitta oltin, bitta kumush va bitta bronza medallari (ayollar) bilan muvaffaqiyatli yakunladi.
© Federatsiya boksa UzbekistanaChempionat Azii po boksu
Chempionat Azii po boksu