https://oz.sputniknews.uz/20221112/makronning-rossiya-haqidagi-bayonoti-frantsuzlarni-gazablantirdi-29929212.html
Makronning Rossiya haqidagi bayonoti fransuzlarni g‘azablantirdi
Makronning Rossiya haqidagi bayonoti fransuzlarni g‘azablantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Makron Zelenskiyni Rossiya Qurolli Kuchlari Xersondan chiqib ketgani bilan tabrikladi, bu esa Le Figaro o‘quvchilarini g‘azablantirdi. 12.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-12T17:51+0500
2022-11-12T17:51+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
emmanuel makron
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/930/77/9307783_0:249:2757:1800_1920x0_80_0_0_898367d64c37a1e6b66ac1f1ec1f8cb4.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Fransiyaning Le Figaro gazetasi o‘quvchilari prezident Emmanuel Makronning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni rus qo‘shinlari Xersondan olib chiqib ketilgani bilan tabriklagan bayonotini qoralashdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi."Fransiya prezidenti Ukrainada Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan AQShga bo‘ysunishini ingliz tilida ochiqchasiga izhor qilmoqda. Men dovdirab qoldim", deb yozgan foydalanuvchilardan biri."U allaqachon AQSh va NATOdagi xo‘jayinlariga xush yoqish uchun, ingliz tilida tabriklamoqda! Makron va Zelenskiyga beradigan yagona maslahatim - bu Rossiyani g‘azablantirmaslik", - deya qo‘shimcha qildi yana biri.“Qiziq, Makron o‘zining Rossiyaga qarshi siyosati bilan fransuzlarni sovuq va ochlikdan o‘limga mahkum etayotganini tushunadimi?” deb so‘radi boshqa o‘quvchi."Muzokaralar haqida hech qanday gap yo‘q. Urushga yana bir o‘t qo‘yuvchi", dedi to‘rtinchi foydalanuvchi."Makron Zelenskiyni uydirma g‘alaba bilan tabriklagandan ko‘ra, tinchlik muzokaralari uchun zamin yaratgan ma’qulroq bo‘lardi. Bizga boshqa jahon urushi kerak emas! Yevropadagi keskinlikni pasaytirish juda muhim", deya ta’kidladi beshinchi sharhlovchi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/930/77/9307783_14:0:2743:2047_1920x0_80_0_0_13f780c5879e5dba456a56ad93641dda.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, emmanuel makron , rossiya
dunyoda, emmanuel makron , rossiya
Makronning Rossiya haqidagi bayonoti fransuzlarni g‘azablantirdi
17:51 12.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Makron Zelenskiyni Rossiya Qurolli Kuchlari Xersondan chiqib ketgani bilan tabrikladi, bu esa Le Figaro o‘quvchilarini g‘azablantirdi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Fransiyaning Le Figaro gazetasi o‘quvchilari prezident Emmanuel Makronning ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni rus qo‘shinlari Xersondan olib chiqib ketilgani bilan tabriklagan bayonotini qoralashdi. Bu haqida RIA Novosti xabar
berdi. "Fransiya prezidenti Ukrainada Rossiyaga qarshi urush olib borayotgan AQShga bo‘ysunishini ingliz tilida ochiqchasiga izhor qilmoqda. Men dovdirab qoldim", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
"U allaqachon AQSh va NATOdagi xo‘jayinlariga xush yoqish uchun, ingliz tilida tabriklamoqda! Makron va Zelenskiyga beradigan yagona maslahatim - bu Rossiyani g‘azablantirmaslik", - deya qo‘shimcha qildi yana biri.
“Qiziq, Makron o‘zining Rossiyaga qarshi siyosati bilan fransuzlarni sovuq va ochlikdan o‘limga mahkum etayotganini tushunadimi?” deb so‘radi boshqa o‘quvchi.
"Muzokaralar haqida hech qanday gap yo‘q. Urushga yana bir o‘t qo‘yuvchi", dedi to‘rtinchi foydalanuvchi.
"Makron Zelenskiyni uydirma g‘alaba bilan tabriklagandan ko‘ra, tinchlik muzokaralari uchun zamin yaratgan ma’qulroq bo‘lardi. Bizga boshqa jahon urushi kerak emas! Yevropadagi keskinlikni pasaytirish juda muhim", deya ta’kidladi beshinchi sharhlovchi.