Ertaga Toshkentdagi ayrim kuchalarda harakat vaktincha cheklanadi

Obuna bo‘lish
Dam olish kuni “Yangi nafas” yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkent shaxrining bir qator kuchalarida avtotransport vositalarining harakatlari vaktincha cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 13-noyabr kuni Toshkent shahrining 3ta hududida “Yangi nafas” yugurish sport tadbirlari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan quyidagi ko‘chalarda harakat vaktincha cheklanadi.
12 noyabr kuni soat 18:00dan Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Beshog‘och ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
13 noyabr kuni soat 07:00 dan 12:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Sharof Rashidov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha;
Soat 6:00 dan 12:00 gacha Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi (Toshkent shahriga kirish qismi), shuningdek, soat 8:30 dan 11:00 gacha Toshkent viloyati tomoniga birinchi qayrilish joyidan Yangi O‘zbekiston bog‘ining oldigacha.
© IIBB YHXB
Toshkentdagi ayrim kuchalarda xarakat vaktincha cheklanadi - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© IIBB YHXB
Toshkentdagi ayrim kuchalarda xarakat vaktincha cheklanadi - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, davlat bayrog‘i qabul qilingan kun arafasida 15ta shaharda bir vaqtning o‘zida musobaqalar tashkil etiladi. Musobaqalar Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tadi va u mamlakat bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchini birlashadi.
Toshkent shahrida musobaqalar “Yangi O‘zbekiston”, “Ashxobod” bog‘lari va “Humo Arena” muz saroyi hududida o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0