Davlat organlari xodimlarini rotatsiya qilish tartibi belgilanmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishKorporativniy stil
Korporativniy stil - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2022
Obuna bo‘lish
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilot xodimlarini rotatsiya qilish tartibini belgilovchi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Kelasi yildan davlat organlari va tashkilot xodimlarini rotatsiya qilish bo‘yicha tizim joriy etiladi. Bu bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan qaror loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Maqsad - kadrlarning yuqori mobilligini ta’minlash, ularning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish.
Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab kadrlar rotatsiyasining maqsad va vazifalari, tartibi, shartlari, tamoyillari va turlari belgilab beriladi.
Shuningdek, rotatsiyadan o‘tgan davlat fuqarolik xizmatchisining keyingi mehnat faoliyatini hamda rotatsiyaning kasbiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha kafolatlari ham tartibga solinadi.
Hujjat bilan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “yuqori” bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.
Loyiha bilan majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati tasdiqlanadi.
Majburiy tartibda rotatsiya qilinadigan lavozimlarda bo‘lish muddati qat’iy belgilanadi.
Rotatsiya qilish borasida davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy ta’minoti, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchilari va uning oila a’zolarining ijtimoiy muhofazasi bilan bog‘liq masalalarning institutsional-huquqiy asoslari ta’minlanadi.
Shuningdek, “hrm.argos.uz” avtomatlashtirilgan axborot tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarini rotatsiya qilish jarayonini elektron yuritish imkoniyati yaratiladi.
Qaror loyihasini ishlab chiqishda, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston tajribasi ham o‘rganilgan.
Ma’lumot uchun, rotatsiya — davlat fuqarolik xizmatchisini egallab turgan lavozimdan teng bo‘lgan boshqa davlat fuqarolik xizmati lavozimiga o‘tkazish.
Yangiliklar lentasi
0