Zelenskiyning Rossiya haqidagi bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keskin tanqidga uchradi

© AP Photo / Nariman El-MoftyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Internet foydalanuvchilarining fikricha, Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan tinchlik muzokaralari haqidagi bayonotlarida mutlaqo samimiylik yo‘q.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Twitter foydalanuvchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralar uchun eshikni yopmagani haqidagi bayonotini faol muhokama qilmoqda. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
"Uning tinchlik muzokaralari haqidagi bayonotlarida mutlaqo samimiylik yo‘q yoki, aytaylik, uning orqasida turgan kuchlar Rossiya bilan tinchlik muzokaralari olib borish niyatida emas", deb yozadi sharhlovchilardan biri.
“U AQSh bu mojaroni xohlagancha davom ettirishini aytishni unutdi, Zelenskiy esa navbatdagi qo‘g‘irchoq”, - deya takrorladi yana biri.
"Zelenskiy bu mojaroda u o‘z ovozi borligi yoki Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash yoki boshlamaslik unga bog‘liqligiga ishonishimizni xohlaydimi? U faqat Vashington buyurganini qiladi va ular bu mojaroni davom ettiradilar.Uyalish kerak", deydi yana bir foydalanuvchi.
"Men u kelishuvdan imkon qadar ko‘proq foyda olishni xohlayotganini tushunaman. Lekin G‘arb Ukrainani cheksiz miqdorda qurol-yarog‘ va moliyaviy yordam bilan qo‘llab-quvvatlasa-da, u bularning barchasidan voz kechishga shoshilmayapti", o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi boshqa bir foydalanuvchi.
"Agar u Boris Jonson kabi odamlarga Rossiya bilan bitim tuzishga xalaqit berishga imkon bersa, u qanday qilib tinchlik muzokaralari haqida gapira oladi", deb g‘azablandi beshinchi foydalanuvchi.
“Uning bayonotlari hech narsani anglatmaydi, bu holat ham bundan mustasno emas”, deb xulosa qiladi o‘quvchilar.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervusida Rossiya bilan gaplashishga tayyorligini aytgan edi.
Shu bilan birga, uning o‘zi avvalroq Ukraina Rossiyaning amaldagi rahbariyati bilan hech qanday muzokaralar olib bormasligini ma’lum qilgan va bunga qonunchilik bilan taqiq kiritilgan.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov dushanba kuni Rossiya Ukraina bilan muloqotga ochiqligini, ammo hozir uni davom ettirishning iloji yo‘qligi, chunki Kiyev Rossiya tomoni bilan muzokaralarni davom ettirishga taqiq qo‘yganini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0