https://oz.sputniknews.uz/20221111/yangi-qurilayotgan-uylarning-qonuniyligini-onlayn-tekshirish-imkoniyati-yaratildi-29886220.html
Yangi qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi
Yangi qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki... 11.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-11T11:21+0500
2022-11-11T11:21+0500
2022-11-11T11:21+0500
jamiyat
qurilish
yangi uylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29886364_0:76:967:620_1920x0_80_0_0_d00ac3e44435c36ed27dcb805970e835.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Endilikda uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini onlayn tekshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Elor Komilov ma’lum qildi.Qayd etilishicha, uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi kerak.Shundan kelib chiqib, platformaga hamma uchun ochiq bo‘lgan majmua, quruvchi tashkilot nomi va manzili kabi ma’lumotlar joylashtiriladi.Qurilish davomida fuqarolar mablag‘larini jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari maxsus elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tishi shart.Elektron ro‘yxatga kiritish uchun quruvchilardan quyidagi hujjatlar ta’lab etiladi:Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2-yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib boradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29886364_20:0:948:696_1920x0_80_0_0_a9a4a4ad885c23f75b9269221bee85b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qurilish, yangi uylar
jamiyat, qurilish, yangi uylar
Yangi qurilayotgan uylarning qonuniyligini onlayn tekshirish imkoniyati yaratildi
Endilikda uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi kerak - tafsilotlar.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Endilikda uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini onlayn tekshirishi mumkin bo‘ladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Elor Komilov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi kerak.
“So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylar qurilishi keskin ko‘paydi. Afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi ko‘p kvartirali uy quraman deb bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotganlar ham tez-tez uchramoqda”, deydi Elor Komilov.
Shundan kelib chiqib, platformaga hamma uchun ochiq bo‘lgan majmua, quruvchi tashkilot nomi va manzili kabi ma’lumotlar
joylashtiriladi.Qurilish davomida fuqarolar mablag‘larini jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari maxsus elektron platformadan ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Elektron ro‘yxatga kiritish uchun quruvchilardan quyidagi hujjatlar ta’lab etiladi:
Ajratilgan yer uchastkasi va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar;
Kredit ajratish haqida bank kafolat xati;
Loyiha-smeta hujjatlari va ijobiy ekspertiza xulosasi;
Texnik, mualliflik nazorati va davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha tegishli shartnomalar;
Ulushdorlar tomonidan kiritilgan mablag‘larni jalb qilish uchun tijorat bankida alohida hisob varaq ochilganligi.
Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2-yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib boradi.