Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish ko‘paydi

© REUTERS / Tyrone SiuVolonter derjit protivoepidemicheskie paketi, dostavlyaya ix jitelyam vo vremya pandemii koronavirusa v Gonkonge
Volonter derjit protivoepidemicheskie paketi, dostavlyaya ix jitelyam vo vremya pandemii koronavirusa v Gonkonge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi COVID bilan kasallanish soni ortganini ma’lum qildi
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Xitoyda epidemiologik vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida materikda COVID-19 ning 1150 ta yangi tasdiqlangan holati va 9385 ta asemptomatik tashuvchi aniqlangan.
Yangi holatlarning aksariyati janubiy Guandunda (546 ta tasdiqlangan va 2 461 asemptomatik) va Xenanda (124 tasi tasdiqlangan va 2 881 asemptomatik) aniqlangan. Shuningdek, Pekin, Chunsin, Ichki Mo‘g‘uliston muxtor viloyati, Shinjon-Uyg‘ur muxtor rayoni, Yunnan, Shansi, Xeylunszan, Lyaonin, Xebey, Sichuan, Shandun, Szansu provinsiyalarida yuqtirish holatlari qayd etilgan.
Shu bilan birga, o‘tgan sutka davomida mamlakatga xorijdan kelganlarda 59 ta COVID bilan kasallanish holati va 135 ta kasallikning alomatlarsiz kechuvchi holati aniqlangan.
Xitoy deyarli koronavirus pandemiyasining boshidanoq virusga nisbatan nol toqatlilik siyosatiga amal qilyapti va Xitoyning epidemiyaga qarshi nazorati hanuzgacha dunyodagi eng qattiq choralardan biri hisoblanadi. Hatto bir nechta infeksiya holatlari aniqlansa ham, butun hududlar va hatto shaharlar karantinga olinishi mumkin. Shanxay shu bahorda uch oy davomida qamalga tushib qoldi, bu butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish va yetkazib berishda katta uzilishlarga olib keldi, chunki shaharda mamlakat bo‘ylab infeksiyaning eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi, ba’zi kunlarda 20 000 dan ortiq holatlar aniqlandi.
So‘nggi oylarda Xitoyda ko‘plab mahalliy COVID-19 epidemiyalari tufayli epidemiologik vaziyat yana yomonlashapti, shu sababli bir qator shaharlarda qisman lokdaunlar joriy etildi va odamlar har kuni PZR testidan o‘tishga majbur bo‘lyapti.
Avvalroq, nafas olish kasalliklari bo‘yicha mutaxassis Van Guanfa Xitoyning “Global Times” nashriga ma’lum qilishicha, mamlakatning ba’zi mintaqalari hukumatlari pandemiyaga qarshi kurashni birinchi o‘ringa qo‘yib, aholining boshqa asosiy yoki shoshilinch ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirib, odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ygan. Uning fikricha bu holatni tuzatish kerak. Mutaxassisning ta’kidlashicha, mamlakatning ayrim hududlarida hokimiyat aholidan tez-tez PZR tekshiruvidan o‘tishni talab qilib, davlat resurslarini isrof qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0