Viktor Orban Yevropaning Ukrainaga qurol berish siyosatini tanqid qildi

© SputnikPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Viktor Orban turkiy davlatlar rahbarlariga tinchlik g‘oyalarini ilgari surayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Ukrainaga dastlab himoya qurollarini yetkazib bergan Yevropa davlatlari endilikda hujumkor harbiy texnikalar yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bugun, 11-noyabr kuni Samarqandda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Yevropada tinchlik haqidagi xitoblarni urush ovozlari bosib ketmoqda. Davlatlar tashqi siyosat masalasida nima xohlayotganini aniqlashtirib olmagan. Ular asosan AQShning qarashlari ortidan borayotgandek.
Yevropa davlatlari avvaliga Ukrainaga himoya qurollarini berishdi, endi esa hujum qilish imkonini beradigan qurollar yetkazish boshlandi”, - deydi Viktor Orban.
U Turkiy davlatlar tashkiloti tinchlik g‘oyalarini ilgari surayotganini qayd etib o‘tdi. Shuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga ham “don yo‘lagi”ni ochib bergani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Biz Turkiy davlatlar tashkilotini "tinchlik forumi" deb ataymiz. Barchangizga tinchlik g‘oyalarini ilgari surayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman.
Turkiya prezidenti janob Erdog‘anga bug‘doy koridorini ochib bergani va qochoqlar bilan bog‘liq masalalarni hal etayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Aks holda Vengriya qiyin ahvolda qolgan bo‘lardi”, - deya tashakkurini bildirdi Orban.

Samarqand TDT sammiti

Bugun, 11-noyabr kuni, Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
TDT sammiti yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0