Toshkentdagi opera va balet teatri haqida film suratga olinmoqda - foto

Obuna bo‘lish
Filmda teatr hayoti, opera san’ati darg‘lari, ustoz baletmeysterlar faoliyati haqida hikoya qilinadi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Toshkentdagi opera va balet teatri haqida film suratga olinmoqda. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan “Oqqushlar parvozi” hujjatli filmi suratga olinmoqda.
Mazkur film Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining tarixi va buguniga bag‘ishlanadi.
“Filmda teatr hayoti, opera san’ati darg‘lari, ustoz baletmeysterlar faoliyati haqida hikoya qilinadi”, deyiladi xabarda.
Film ssenariy muallifi va rejissor Nurillo Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, ovoz rejissori Farruh Hamidov, film direktori Jahongir Shodmonov.
Ma’lumot uchun, teatr tarixi 1920-yillar o‘rtalarida O‘zbekiston xalq artisti Muhiddin Qori-Yoqubov tomonidan professional Konsert-etnografik ansambli tashkil etilgan vaqtdan boshlanadi.
Ansambl truppasida Tamara Xonim, Halima Nosirova, Gavhar Rahimova, Zuhur Qobulov, Boborahim Mirzayev, Lutfixonim Sarimsoqova, Usta Olim Komilov, Mukarram Turg‘unboyeva, Roziya Karimova, Karim Zokirov, Po‘latjon Rahimov, dramaturglar G‘ulom Zafariy, Sharofiddin Xurshid, Komil Yashin, kompozitorlar va dirijorlar Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqovlar bor edi.
1948 yil mart oyida teatrga o‘zbek shoiri Alisher Navoiy nomi berilgan. 1949-yilda esa bir yo‘la uchta yangi sahna asari R. Glier va T. Sodiqovning “Gulsara”, T. Jalilov va B. Brovsinning “Tohir va Zuhra” operalari, G. Mushelning “Balerina” baleti tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

“Teatrimizda 30, 40, 50-yil va undan ko‘proq vaqt davomida xizmat qilib kelayotgan insonlar juda ko‘p. Teatrning 89-yillik tarixi – insonlar ijodi tarixi, ularning hayoti, iste’dodi, ko‘pchilik shaxsiy qobiliyatlarning yagona, umumiy, ahamiyatli va sharafli maqsad yo‘lida birlashtirilishi natijasidir”, deyiladi opera va balet teatrining rasmiy saytida.

Aytilishicha, Italiya va Rossiya ishtirokida bir qator xalqaro loyihalar amalga oshirildi, masalan, “Lyuchiya di Lammermur”, “Bogema”, “Sevgi sharobi”, “Yevgeniy Onegin”, “Shoh kelinchagi” kabi opera spektakllari sahnalashtirildi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGABT v Tashkente
GABT v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
1/8
GABT v Tashkente
© Sputnik / Aleksandr MakarovSolisti baleta Gosudarstvennogo Akademicheskogo Bolshogo teatra SSSR Lyudmila Semenyaka i Maris Liyepa v balete "Legenda o lyubvi".
Solisti baleta Gosudarstvennogo Akademicheskogo Bolshogo teatra SSSR Lyudmila Semenyaka i Maris Liyepa  v balete Legenda o lyubvi. - Sputnik O‘zbekiston
2/8
Solisti baleta Gosudarstvennogo Akademicheskogo Bolshogo teatra SSSR Lyudmila Semenyaka i Maris Liyepa v balete "Legenda o lyubvi".
© Press-slujba GABT im. A.NavoiMuzikalniy Open Air v Tashkente
Muzikalniy Open Air v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
3/8
Muzikalniy Open Air v Tashkente
© Muxiddin Ali
Lazgi: premyera spektaklya-baleta v GABT im. Navoi - Sputnik O‘zbekiston
4/8
© Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri - Sputnik O‘zbekiston
5/8
© Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri - Sputnik O‘zbekiston
6/8
© Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri - Sputnik O‘zbekiston
7/8
© Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri
Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri - Sputnik O‘zbekiston
8/8
Yangiliklar lentasi
0