https://oz.sputniknews.uz/20221111/talabalar-uchun-tolov-kontrakt-mablaglarini-tolash-muddati-uzaytirildi-29883262.html
Talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi
Talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi. 11.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-11T08:07+0500
2022-11-11T08:07+0500
2022-11-11T08:07+0500
jamiyat
talabalar
kontrakt
to‘lov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi.Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar ham belgilangan kungacha to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.Ular uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi. Unda ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishi asossis ekanligi qayd etilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, talabalar, kontrakt , to‘lov
jamiyat, talabalar, kontrakt , to‘lov
Talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi
Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Davlat oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati uzaytirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili uchun belgilangan kontrakt to‘lovlarini to‘lashning so‘nggi muddati 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Mazkur tartib bakalavriat, magistratura, o‘qishini ko‘chirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun qo‘llaniladi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chiriyotgan talabalar ham belgilangan kungacha to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Ular uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi. Unda ushbu masala rasmiy e’lon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan ta’lim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishi asossis ekanligi qayd
etilgan.