https://oz.sputniknews.uz/20221111/ozbekiston-va-qozogiston-sayyohlik-kompaniyalari-hamkorlik-qilishga-kelishib-olishdi-29885165.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari hamkorlik qilishga kelishib olishdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari hamkorlik qilishga kelishib olishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ikki mamlakat Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand va Farg‘ona shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qiladi. 11.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-11T10:56+0500
2022-11-11T10:56+0500
2022-11-11T10:56+0500
turizm
qozog‘iston
turizm
ichki turizm
ziyorat turizmi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29885280_0:19:542:324_1920x0_80_0_0_bd36648608ea09358eac5a7dcf837265.png
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Olmaotada O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida 12 million dollarlik sayyohlik xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar berdi.Qayd etilishicha, Olmaotada O‘zbekistonning "Dilrabo Travel" va "Pamir Travel" kompaniyalari Qozog‘istonning "Tumar Trans" kompaniyasi bilan sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlarini imzoladi.Hamkorlikka Farg‘ona viloyati delegatsiyasining qo‘shni mamlakat yetakchi sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlari bilan uchrashuvi doirasida kelishib olindi.Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni Farg‘ona viloyatining sanatoriya-kurort tizimi salohiyati haqidagi ma’lumotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.Shuningdek, marosim ishtirokchilariga Shohimardon, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining sayyohlik salohiyati haqidagi videomateriallar, jumladan, "Boqiy shahar" videoroligi namoyish etildi.Qozog‘iston Turizm sanoati Milliy assotsiatsiyasi prezidenti Raushan Shomil qo‘shma loyihalar yaratish, Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish uchun turizm sohasida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur ekanligini qayd etdi.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0b/29885280_43:0:500:343_1920x0_80_0_0_db9c6112d82b1971b50dc7abd55e7a67.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, qozog‘iston, turizm, ichki turizm, ziyorat turizmi
turizm, qozog‘iston, turizm, ichki turizm, ziyorat turizmi
O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari hamkorlik qilishga kelishib olishdi
Ikki mamlakat Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand va Farg‘ona shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Olmaotada O‘zbekiston va Qozog‘iston sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida 12 million dollarlik sayyohlik xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi. Bu haqida "Dunyo" AA xabar
berdi. Qayd etilishicha, Olmaotada O‘zbekistonning "Dilrabo Travel" va "Pamir Travel" kompaniyalari Qozog‘istonning "Tumar Trans" kompaniyasi bilan sayyohlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
Hamkorlikka Farg‘ona viloyati delegatsiyasining qo‘shni mamlakat yetakchi sayyohlik kompaniyalari va tashkilotlari bilan uchrashuvi doirasida kelishib olindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston tomoni Farg‘ona viloyatining sanatoriya-kurort tizimi salohiyati haqidagi ma’lumotlarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, marosim ishtirokchilariga Shohimardon, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarining sayyohlik salohiyati haqidagi videomateriallar, jumladan, "Boqiy shahar" videoroligi namoyish etildi.
Qozog‘iston Turizm sanoati Milliy assotsiatsiyasi prezidenti Raushan Shomil qo‘shma loyihalar yaratish, Ipak yo‘li brendini targ‘ib qilish, Samarqand shaharlariga qo‘shma sayohat safarlarini tashkil etish uchun turizm sohasida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur ekanligini qayd etdi.