https://oz.sputniknews.uz/20221111/onlayn-qimor-oyinlarni-tashkil-etish-va-reklama-qilish-uchun-javobgarlik-kuchaytiriladi-29888823.html
Onlayn qimor o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Onlayn qimor o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish kirituvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. 11.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-11T13:23+0500
2022-11-11T13:23+0500
2022-11-11T13:23+0500
jamiyat
loyiha
qonun
adliya vazirligi
javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29827266_0:174:3023:1874_1920x0_80_0_0_ecf140e4de791e4e6b63ec9bec26e89a.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish va targ‘ib qilish faoliyati uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.Qonun loyihasida Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, quyidagilar uchun javobgarlik belgilanmoqda:Amaldagi qonunchilikda qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish va reklama qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.Hujjatda keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega mashhur shaxslarning sahifalarida qimor o‘yinlarini reklama qilish holatlari soni ortib bormoqda.Hududlarda onlayn qimor o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tarmoqlari shakllanib bormoqda. Jumladan, ayrim fuqarolar tomonidan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish (Paynet shoxobchalari) niqobi ostida onlayn qimor o‘yinlarida qatnashish uchun elektron mablag‘lar bilan ta’minlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan.Qimor va tavakklchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar soni o‘tgan yili 103 ta va 2022-yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29827266_147:0:2876:2047_1920x0_80_0_0_46cf9cd32bf784cb004d0afca8258c6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, loyiha, qonun, adliya vazirligi, javobgarlik
jamiyat, loyiha, qonun, adliya vazirligi, javobgarlik
Onlayn qimor o‘yinlarni tashkil etish va reklama qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Adliya vazirligi Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish kirituvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish, o‘tkazish va targ‘ib qilish faoliyati uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga
qo‘yildi. Qonun loyihasida Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar uchun javobgarlik belgilanmoqda:
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash;
O‘zbekiston hududiga olib kirish;
Ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda reklama qilish.
Amaldagi qonunchilikda qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, tarqatish va reklama qilganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.
Hujjat qabul qilinsa, fuqarolarning qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etib, pul mablag‘lari sarflashiga, buning natijasida o‘z joniga qasd qilish, firibgarlik, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish kabi salbiy hatti-harakatlarni sodir etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatda keltirilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, bir necha yuz minglab kuzatuvchilarga ega mashhur shaxslarning sahifalarida qimor o‘yinlarini reklama qilish holatlari soni ortib bormoqda.
Hududlarda onlayn qimor o‘yinlarini tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tarmoqlari shakllanib bormoqda. Jumladan, ayrim fuqarolar tomonidan to‘lov xizmatlarini ko‘rsatish (Paynet shoxobchalari) niqobi ostida onlayn qimor o‘yinlarida qatnashish uchun elektron mablag‘lar bilan ta’minlash xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Qimor va tavakklchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar soni o‘tgan yili 103 ta va 2022-yilning 6 oyida 90 tani tashkil etgan.