YeOTB ekspertlari Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday o‘zgarayotganini aytdi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
“Yangi O‘zbekiston”ning rivojlanish strategiyasi mamlakatga investitsiyalar oqimini rag‘batlantiradi, deb hisoblamoqda Yevroosiyo taraqqiyot banki eskpertlari.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. So‘nggi 10-yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 5,9 foizni tashkil etdi va bu mamlakat jadal rivojlanayotganining yaxshi ko‘rsatkichidir. Yevroosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan hisobotida shunday xulosaga kelgan. Sputnik muxbiri hujjat bilan tanishdi.
Hisobot mualliflarining yozishicha, respublika iqtisodiyotida jiddiy o‘zgarishlar 2017-yilda boshlangan va hozirda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi doirasida davom etmoqda. YeOTB tahlilchilarining fikricha, strategiya mamlakatning “eksport salohiyati va investitsion jozibadorligini oshirish kontekstida asosiy mezon”ga aylandi.
O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi sohalari jadal rivojlanmoqda, xorijiy investitsiyalar sohasida nimalar sodir bo‘lmoqda va respublika migratsiya jarayonlarini o‘zgartirmoqchi – bu haqda bizning sharhimizda o‘qing.

O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida hozir bilish kerak bo‘lgan eng muhim narsa

YeOTB ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi (birinchi o‘rinda Qozog‘iston). O‘zbekiston YaIM – 69,2 mlrd dollar. Mamlakat tabiiy resurslarga boy: qimmatbaho metallar, mis, uran, volfram, ko‘mir va tabiiy gaz.
O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari xizmat ko‘rsatish (YaIMning 36 foizini tashkil qiladi), qishloq xo‘jaligi (25 foiz) va ishlab chiqarish sanoati (20 foiz) hisoblanadi.
Agar to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston sanoati haqida gapiradigan bo‘lsak, bu sohada metallurgiya, mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat va kimyo sanoati yetakchilik qilmoqda.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) muhim rol o‘ynadi – bu tarmoq YaIMning deyarli 55 foizini ta’minladi, O‘zbekistoning band aholisining 70 foizini ish bilan ta’minlayapti.
YeOTB tahlilchilari fikricha, O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy ustunligi uning doimiy o‘zgarib turadigan tashqi muhitga tez moslasha olishidadir. Bunga esa, o‘z navbatida, mehnat resurslarining ko‘payishi yordam bermoqda – respublika aholisi 35 mln. kishidan oshdi (2000 yilda u 24,8 mln kishi edi). Shu bilan birga mamlakatda 30 yosh atrofidagi yosh avlod ko‘pchilikni tashkil qiladi. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevning aytishiga qaraganda, aholining 60 foizi shu toifaga kiradi.

Barcha imkoniyatlardan foydalanib

2019 yilda YeOTB tahlilchilari O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishidagi asosiy to‘siqlarni o‘rganib, nima uchun respublikaning daromadlar bo‘yicha Qozog‘iston bilan yaqinlashuvi sekin kechayotganini aniqlashgan harakat qilishgandi. O‘shanda iqtisodchilar bunga omillar sifatida sarmoya va texnologiya yetishmasligi, shuningdek, infratuzilma muammolarini sanab o‘tgandilar.
YeOTB prognozlariga ko‘ra, ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish orqali O‘zbekiston qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo va neft-kimyo sanoatida o‘z ishtirokini kengaytirish orqali iqtisodiy yutuq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston iqtisodidagi bugungi vaziyatga nazar tashlasak, mamlakat rahbariyati sanoat sohasiga e’tibor qaratayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, kimyo sanoati haqida gapirganda, joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda 1 mln tonnadan ortiq mineral o‘g‘it ishlab chiqarilib, ularning eksporti o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘payib, 330 million dollarga yetganini eslamaslik mumkin emas. Qurilish sohasi ham rivojlanmoqda – bu o‘rinda monitoring o‘tkazishga ham zarurat yo‘q, Toshkentdagi keng ko‘lamli qurilishlarga nazar tashlashning o‘zi kifoya.
O‘zbekiston iqtisodiyoti nisbatan ochilgani tufayli xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni ham ko‘paydi, deya qayd etadi YeOTB. 2017-yilda ularning soni arang 5 mingdan oshgan. 2022-yil boshida mamlakatda xorij kapitali ishtirokidagi 13 289 ta korxona faoliyat yuritgan.

Yangi O‘zbekiston – yangi iqtisodiyot

Endi esa respublikaning eksport salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasiga to‘xtalamiz.
Strategiyaning asosiy qoidalari qanday?
Hujjatda turli imtiyozlar joriy etish orqali mamlakatda qulay sarmoyaviy muhit yaratish ko‘zda tutilgan. Shu tariqa, O‘zbekiston yaqin besh yilda 120 milliard dollar miqdorida sarmoya jalb etishni rejalashtirmoqda, ularning 70 milliardi xorijiydir.
O‘zbekiston eng avvalo qaysi sohalarga sarmoya kiritishni muhim deb bilyapti?
Energetika, transport, suv xo‘jaligi, kommunal xizmatlar, shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim va ekologiyada.
“O‘zbekiston alohida viloyatlarning Hindiston, Xitoy va Rossiya bilan hamkorligini mustahkamlash, eksport geografiyasini 115 ta davlatdan 150 tagacha kengaytirish, shuningdek, turizm, transport, axborot va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravar, 4,3 milliard dollargacha ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Nihoyat, belgilangan strategiya doirasida O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda erkin savdo zonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda”, deb yozadi YeOTB tahlilchilari.

Kelajakka investitsiya

O‘zbekistonga sarmoya kiritish uchun eng muhim yo‘nalishlar haqida gapirar ekan, bank iqtisodchilari ta’lim sifati va migratsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirapti. Mehnat migratsiyasi O‘zbekiston uchun muhim masala, chunki ish o‘rinlarining yetishmasligi mamlakatning dolzarb muammosi hisoblanadi.
“2021 yilda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi. Bu esa O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ish topishga majbur qilyapti va pul o‘tkazmalari iqtisodiyot uchun muhim bo‘lib qolmoqda: ularning tushumlari 2018–2021 yillar davomida o‘rtacha YaIMning 13,4 foizini tashkil qilgan”, deyiladi YeOTB hisobotida.
Bu muammoni hal qilish uchun O‘zbekistonda ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha doimiy ishlar olib borilmoqda – har yili o‘rtacha 280 mingga yaqin ish o‘rinlari paydo bo‘lyapti. Biroq, amalda ishsizlikni to‘liq bartaraf etish uchun mamlakatda har yili 600 ming ish o‘rni yaratilishi kerak, deya ta’kidlaydi YeOTB.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston fuqarolari tashqi bozorlarda – asosan qo‘shni davlatlarda ish izlamoqda. Taxminan 70 foiz ulushga ega shaxsiy o‘tkazmalarning asosiy donori Rossiyadir. Shu bilan birga, Qozog‘iston ulushi ortib bormoqda – o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga shaxsiy o‘tkazmalarning 9,4 foizi (2019 yilda esa 5,9 foiz) uning hissasiga to‘g‘ri keldi.
Shunday bo‘lsa ham O‘zbekiston bu masalani yana qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda hal qilish ustida ishlamoqda. Kelajak innovatsion sohalarga tegishli ekanini, shu bilan birga mamlakatda malakali kadrlar yetishmasligini anglagan Toshkent ta’lim xizmatlari tizimini modernizatsiya qilishni maqsad qilgan. Respublika o‘z shaharlarida Rossiya universitetlarining filiallarini ochishni qo‘llab-quvvatlayapti – bugungi kunda filiallar soni 15 dan ortiq.
Bundan tashqari, O‘zbekiston qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya bilan hamkorlikda chegara savdo markazlari, logistika xablari, klasterlar va korxonalar tashkil etilishini olqishlayapti. Yangi universitetlar esa mavjud va rejalashtirilgan kompaniyalar uchun kadrlar tayyorlayapti.

Savdo farovonlik ramzi sifatida

“Mintaqa farovonligi ko‘p jihatdan Xitoy va Rossiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari uchun foydali bo‘lgan iqtisodiy hamkorlik formatini yo‘lga qo‘yish va tranzit imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi”, deb yozadi YeOTB tahlilchilari.
Ularning fikri raqamlarga asoslangan: O‘zbekistonning asosiy kapitaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining 24,2 foizi Rossiya, yana 20,4 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Bu davlatlar respublikaning eng yirik savdo hamkorlari hisoblanadi.
O‘zbekiston nima yetkazib berapti? O‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari oziq-ovqat (2021 yilda 10,5 foiz), rangli metallar (10,4 foiz), kimyo mahsulotlari (8,7 foiz), energetika mahsulotlari (6,3 foiz), mashina va uskunalar (5 foiz) hisoblanadi.
Import ham o‘sib bormoqda (ayniqsa, O‘zbekiston ochiqlik tamoyiliga o‘tgan 2017-yildan beri faollashgan). Besh yil ichida u qariyb 11 milliard dollarga ko‘payib, 23 milliard dollardan oshdi, deya qayd etapti YeOTB. Sababi, O‘zbekiston uskunalar xarid qilishni ko‘paytirdi, import qilinadigan tovarlarning deyarli 40 foizi uning hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Bu ichki investitsiyalar va korxonalarning o‘sishidan dalolat beradi, deb hisoblaydi hisobot mualliflari.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aloqalari ham mustahkamlanmoqda. O‘tgan yili Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdo aylanmasi 165,5 milliard dollarni tashkil etdi. Bank ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 20-yil ichida bu ko‘rsatkich olti barobarga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0