Moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga berish talabi bekor qilinadi

© Foto : PixabayMujchina s kartoy u kompyutera
Mujchina s kartoy u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2022
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslarning daromadi to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarni saqlash bekor qilinadi - prezident qarori.
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga berish talabi bekor qilinadi.Bu haqida prezident qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq 1-yanvardan boshlab:

Jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash tartibi bekor qilinadi.
Ish haqi va boshqa daromadlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilinadi.
Yuridik shaxslar davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini saqlash majburiyatidan ozod etiladi.
Soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish ham bekor qilinadi.
buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etishlari shart bo‘lmaydi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari ham yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bir qator statistik hisobot turlari bekor qilinadi.
2023 yil 1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:
tijorat banklariga ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lganda, ta’sischilari O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar hamda YaTTlarga bank hisobvarag‘ini masofadan turib ochishga;
yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta’minoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni, ularning iste’moli to‘g‘risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to‘g‘risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirish.
Yangiliklar lentasi
0