Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘anni "Oliy Darajali Imom Buxoriy" ordeni bilan mukofotladi - video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s Tayyipom Erdoganom v Samarkande
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Tayyipom Erdoganom v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Oliy Darajali Imom Buxoriy ordeni Erdog‘anga O‘zbekiston va Turkiya orasida munosabatlarni mustahkamlash hamda islom dini qadriyatlarini targ‘ib qilishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun taqdim etilgan.
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti arafasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ikki tomonlama uchrashuvdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Imom Buxoriy" ordenini topshirdi, - deyiladi xabarda.

Orden guvohnomasida qayd etilishiga ko‘ra, ushbu yuksak mukofot prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga:
O‘zbekiston va Turkiya orasida strategik sheriklikni munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi;
qardosh xalqlarning ko‘p asrlik birodarlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat ruhidagi aloqalarni chuqurlashtirishga;
hamda islom dininining umuminsoniy qadriyatlarini faol targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlari uchun taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston prezidenti Samarqandda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hamda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevlar bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazgan edi.
Yangiliklar lentasi
0