Rus tili o‘qituvchilari xalqaro tanlovda ishtirok etishlari mumkin

© Sputnik / Valeri TitievskiPutin predlagayet predostavit 1.000 subsidiy molodim prepodavatelyam
Putin predlagayet predostavit 1.000 subsidiy molodim prepodavatelyam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan barcha o‘qituvchilardan arizalar 1-dekabrga qadar qabul qilib olinadi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik rus tili o‘qituvchilari “Chegara bilmas ta’lim” xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin.
“Chegara bilmas ta’lim” xalqaro tanlovi O‘zbekiston o‘qituvchilariga o‘z mahorat va yutuqlarini nafaqat vatandoshlariga, balki MDHning boshqa davlatlaridan kelgan hamkasblariga ham namoyish etish imkoniyatini beradi.

“Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday tadbirlar tajriba almashish uchun kommunikativ platformaga aylanmoqda, bu yerda samarali fikr almashiladi, mamlakatlararo aloqalar va professional o‘zaro aloqalar o‘rnatiladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Eng ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish tanlovning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib, biz MDH davlatlarining eng malakali va iqtidorli o‘qituvchilarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”, deydi Xalqaro tashkiliy qo‘mita raisi, AGT aloqa agentligining Ijtimoiy kommunikatsiyalar amaliyoti loyihasi menejeri Yaroslav Kuplinov.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan barcha o‘qituvchilardan 1-dekabrga qadar arizalar qabul qilib olinadi.
Tanlovga maktablar va ochiq ta’lim markazlari, shuningdek rus tilini klassik usullar bo‘yicha hamda innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘zlarining uslubiy ishlanmalaridan foydalangan holda ta’lim beruvchi o‘qituvchilar taklif etiladi.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich sirtqi bo‘lib, u 10-oktabrda boshlangan va 12-dekabrgacha davom etadi.
Birinchi bosqich g‘oliblari 12-dekabrda e’lon qilinadi. Finalchilar 22-23 dekabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadigan tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etishga taklif qilinadi.
Ikkinchi bosqich natijalariga tanlov g‘oliblari va laureatlari 23-dekabr kuni taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Tanlovning har bir ishtirokchisiga shaxsiy sertifikat topiriladi. Laureatlar va g‘oliblar esa shaxsiy diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Bunda tanlovning 4 ta g‘olibi 50 ming rubl, 8 nafar laureati esa 30 ming rubldan oladi.
Bundan tashqari, g‘olib va ​​sovrindorlarga o‘z pedagogik loyihasini MDH mamlakatlaridagi rus tili o‘qituvchilarining professional hamjamiyatida tarqatiladigan tanlovning rasmiy elektron to‘plamida nashr etish huquqi beriladi.
Ma’lumot uchun, o‘qituvchilik kasbi ancha ta’labga ega. Hozirda Rossiya oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarida O‘zbekiston-Rossiya loyihalarida ishga joylashish maqsadida 53 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Rus tilini eng yuqori darajada bilishni talab etuvchi tibbiyot, dasturlash va axborot xavfsizligi, iqtisod hamda huquqshunoslik kabi ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlar orasida eng ko‘p talabga ega.
Yangiliklar lentasi
0