Rossiya yangi dunyo tartibida qanday o‘rin egallaydi - Isroil OAV

© Sputnik / Aleksey Drujinin/Anton Denisov/Press-slujba prezidenta RF / Mediabankka o‘tishZvezda na Vodovzvodnoy bashne Moskovskogo Kremlya
Zvezda na Vodovzvodnoy bashne Moskovskogo Kremlya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Muallifning fikricha, Ukraina mojarosi ko‘p jihatdan jahon tizimini qayta tashkil etish yo‘nalishini belgilab beradi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Ta’sir doiralari uchun kuchayib borayotgan kurash oxir-oqibat kuchlarning strategik muvozanatini to‘liq o‘zgartirishga va mavjud dunyo tartibini qayta qurishga olib keladi. Bu haqda “The Jerusalem Post” gazetasidagi maqolada ta’kidlangan.
“Haqiqatan ham ko‘p qutblilik asta-sekin xalqaro maydonga kirib bormoqda. Dunyo endi Amerika yetakchiligini qo‘llab-quvvatlamayapti. Hatto, ayniqsa Afrika va Yaqin Sharqda Xitoy va Rossiya bilan hamkorlik qilish tendensiyasi kuchaymoqda”, deydi nashr.
Muallifning fikricha, Ukraina mojarosi ko‘p jihatdan jahon kuchlar tizimini qayta tashkil etish yo‘nalishini belgilab beradi.
“Bu G‘arbsiz dunyo bo‘ladimi yoki G‘arb uning hamkori bo‘lib qoladimi? BRIKS va u kabi boshqa yirik bloklar dunyo ishlarini boshqarishda, o‘nlab yillar uchun strategik yo‘nalishlarni belgilashda qanday rol o‘ynaydi?” deydi muallif.
Bundan tashqari, u Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam tufayli Yevropa Ittifoqida bo‘linish alomatlarini ko‘rmoqda.
“Ehtimol, biz ushbu tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davrda vaziyatga mos keladigan yangi geostrategik haqiqatni ko‘rayapmiz”, deb hisoblaydi kuzatuvchi.
Muallif yangi global siyosatning ko‘plab omillari ta’sirida jahon landshaftida tez o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, degan xulosaga keldi.
“Bir necha yil oldin hech kim Burkina-Faso va Malida Rossiya bayroqlari hilpirashini tasavvur ham qila olmasdi”, deya xulosa qildi muallif.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0