https://oz.sputniknews.uz/20221110/rossiya-qoshinlari-nega-dneprning-chap-qirgogiga-kochirilmoqda-29877640.html
Rossiya qo‘shinlari nega Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirilmoqda?
Rossiya qo‘shinlari nega Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vaziri Sergey Shoygu general Surovikinning mudofaa chizig‘ini Dneprning chap qirg‘og‘iga tabiiy to‘siq chegarasiga ko‘chirish taklifiga rozi bo‘ldi. 10.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-10T20:22+0500
2022-11-10T20:22+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
xerson viloyati
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26930232_0:61:1239:758_1920x0_80_0_0_c67c92ad7ac600610802be55d6949aef.jpg
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida, Xerson shahri yaqinida Rossiya qo‘shinlari Dneprning chap qirg‘og‘ida injener qo‘shinlari tomonidan tayyorlangan pozitsiyalarga ko‘chirilmoqda, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.Ma’lumot uchun, 9-noyabr kuni maxsus operatsiya doirasida birlashgan qo‘shinlar qo‘mondoni general Sergey Surovkin Rossiya Mudofaa vazirligidan qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirishga ruxsat so‘ragan edi. General hisobotiga ko‘ra, ayni damda Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Xerson shahri va uning atrofi Rossiya askarlari qo‘lida. Dushman tomonidan ko‘p marotaba amalga oshirilgan hujumlar natija bergani yo‘q. Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 9,5 ming kishini tashkil qilgan. Rossiya tomoni yo‘qotishlari - bundan 7-8 baravar kam.Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining ta’minoti Dnepr darosi orqali amalga oshirilayotgani sababli, ta’minot uzilib qolish xavfi mavjud. Kiyev rejimi 10-oktabrdan boshlab Dnepr daroning yuqori qismida joylashgan barcha GES to‘g‘onlaridan suv tashlash hajmini oshirgan va Kaxovskaya GESi to‘g‘onini intensiv ravishda o‘qqa tutib kelmoqda. Yaqinda ushbu GES shlyuzlaridan biri shikastlangan. Ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, general mudofaa vaziri Sergey Shoygudan qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga, ko‘chirishga ruxsat so‘ragan edi. Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Sergey Surovikinning mudofaa chizig‘ini Dneprning chap qirg‘og‘iga tabiiy to‘siq chegarasiga ko‘chirish taklifiga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga vazir chap qirg‘oqqa o‘tishni istagan barcha tinch aholi vakillariga yordam berishni tayinladi.
ukraina
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/08/26930232_74:0:1166:819_1920x0_80_0_0_070d0138796780127fa6e801d574bd1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, xerson viloyati, rossiya
ukraina, xerson viloyati, rossiya
Rossiya qo‘shinlari nega Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirilmoqda?
20:22 10.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Mudofaa vaziri Sergey Shoygu general Surovikinning mudofaa chizig‘ini Dneprning chap qirg‘og‘iga tabiiy to‘siq chegarasiga ko‘chirish taklifiga rozi bo‘ldi.
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishida, Xerson shahri yaqinida Rossiya qo‘shinlari Dneprning chap qirg‘og‘ida injener qo‘shinlari tomonidan tayyorlangan pozitsiyalarga ko‘chirilmoqda, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Rossiya qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tasdiqlangan rejaga qat’iy muvofiq ravishda Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida tayyorlangan pozitsiyalarga ko‘chirilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, 9-noyabr kuni maxsus operatsiya doirasida birlashgan qo‘shinlar qo‘mondoni general Sergey Surovkin Rossiya Mudofaa vazirligidan qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga ko‘chirishga ruxsat so‘ragan edi.
General hisobotiga ko‘ra, ayni damda Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Xerson shahri va uning atrofi Rossiya askarlari qo‘lida. Dushman tomonidan ko‘p marotaba amalga oshirilgan hujumlar natija bergani yo‘q. Ukraina Qurolli kuchlari yo‘qotishlari 9,5 ming kishini tashkil qilgan. Rossiya tomoni yo‘qotishlari - bundan 7-8 baravar kam.
Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining ta’minoti Dnepr darosi orqali amalga oshirilayotgani sababli, ta’minot uzilib qolish xavfi mavjud.
Kiyev rejimi 10-oktabrdan boshlab Dnepr daroning yuqori qismida joylashgan barcha GES to‘g‘onlaridan suv tashlash hajmini oshirgan va Kaxovskaya GESi to‘g‘onini intensiv ravishda o‘qqa tutib kelmoqda. Yaqinda ushbu GES shlyuzlaridan biri shikastlangan.
General Surovkin aytishiga ko‘ra, Kaxovskaya GESi to‘g‘oni buzilsa Xerson va uning atrofida ulkan hududlarni suv bosishi, ko‘p sonli tinch aholi qurbon bo‘lishi va Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan Rossiya qo‘shinlari ta’minoti mutlaq uziib qolishi xavfi bor.
Ushbu vaziyatni hisobga olgan holda, general mudofaa vaziri Sergey Shoygudan qo‘shinlarni Dneprning chap qirg‘og‘iga, ko‘chirishga ruxsat so‘ragan edi.
Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Sergey Surovikinning mudofaa chizig‘ini Dneprning chap qirg‘og‘iga tabiiy to‘siq chegarasiga ko‘chirish taklifiga rozi bo‘ldi. Shu bilan birga vazir chap qirg‘oqqa o‘tishni istagan barcha tinch aholi vakillariga yordam berishni tayinladi.