Jamiyat

Oʻzbekistonda gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka oʻtishGazozapravochnaya stantsiya v Kazani
Gazozapravochnaya stantsiya v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik boʻlib, munosib shart-sharoit paydo boʻlishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytadi.
TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Oʻztransgaz xabar berdi.
Aytilishicha, soʻngi kunlarda ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, isteʼmolchilar hamda ijtimoiy soha obʼyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz isteʼmoli ortgan.
Shu munosabat bilan 9 noyabrdan barcha avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalari (AGTKSH) Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga oʻtkaziladi.
Qayd etilishicha, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik boʻlib, munosib shart-sharoit paydo boʻlishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Yangiliklar lentasi
0