O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga tekstil mahsulotlarini yetkazib beradi

© O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga tekstil mahsulotlari yetkazib beradi
O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga tekstil mahsulotlari yetkazib beradi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga tekstil mahsulotlari yetkazib beradi. Bu haqida "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi raisi Ilhom Xaydarov va Saudiya Arabistoni Podshohligining elchisi Yusuf bin Salix al-Utaybi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati istiqbollari, mavjud imkoniyatlar, xamkorlik uchun yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tomonidan mehmonxonalar uchun to‘qimachilik mahsulotlari, ehromlar, Haj va Umraga tashrif buyuruvchilar uchun to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish taklifi berildi.
Shuningdek, gilam va bolalar kiyimlarini yetkazib berish bo‘yicha loyihalar tashkil qilish va Saudiya Arabistoni Podshohligi orqali Ko‘rfaz davlatlariga eksportni oshirish taklifi ham bildirildi.
Elchi Yusuf bin Salix al-Utaybi o‘z so‘zida Ajlan & Bros, Al Abdul Karim Fashion kabi kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirish va Neom shahri mehmonxonalari uchun to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha aloqalar o‘rnatishni qayd etib o‘tdi.
To‘qimachilik eksporti 4,3 milliard dollarga yetkaziladi
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro xamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish va ikki davlat ishbilarmonlarining tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni to‘qimachilik qo‘shma korxonasi ta’sis etilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0