https://oz.sputniknews.uz/20221110/oqituvchilarni-boshqa-ishlarga-jalb-qilish-qatiyan-taqiqlangan--xtv-29864223.html
O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlangan – XTV
O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlangan – XTV
Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi joylardagi ayrim rahbarlarning “tashabbusi” bilan ma’lumotlarni yig‘ish jarayoniga o‘qituvchilarni jalb qilish mutlaqo taqiqlanganligini... 10.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-10T13:56+0500
2022-11-10T13:56+0500
2022-11-10T13:56+0500
jamiyat
o‘qituvchilar
xalq ta’limi vazirligi (xtv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22661407_0:268:3079:1999_1920x0_80_0_0_df7cdf1a02e9033ea3f5737f12e45a0d.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi (XTV) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktab o‘qituvchilari hududdagi xonadonlarda yashovchi maktab yoshidagi bolalar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ayotgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi.Ta’kidlanishicha, vazirlik tomonidan hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va ta’lim muassasalarga hech qanday alohida topshiriqlar berilmagan.O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklari qarori asosida umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida shu umumta’lim muassasasi tomonidan ro‘yxatga olish orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.Unga ko‘ra maktab rahbariyati o‘z maktabiga biriktirilgan mikrohududda yashayotgan va kelgusida maktabga kelishi mumkin bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.Qayd etilishicha, bu jarayon bugungi kunda elektron tizim orqali amalga oshirilib, buning uchun maktab pedagoglari uyma-uy yurishi zaruriyati yo‘q. So‘nggi 2-yildan buyon Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda (onlayn) amalga oshirilmoqda.Prezidentning 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish hamda xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish qat’iyan taqiqlangan.XTV barcha maktab direktorlari va pedagog xodimlariga ularning lavozim majburiyatlariga kirmaydigan ishlarga jalb etish qat’iyan ta’qiqlanganligini, bu kabi holatlar yuzaga kelgan taqdirda Vazirlikning 71-202-09-09 ishonch telefoniga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham bu xabarga munosabat bildirdi va barcha mas’ul shaxslardan ushbu muammoni imkon qadar tezroq hal qilishni so‘radi.U o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish o‘ta zarur deb hisoblashi va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni bas qilishlarini so‘ragan.Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari hozir mamlakatda ta’lim birinchi raqamli ustuvor masala ekani va o‘qituvchilarga tekin xizmatkor xodim sifatida qarashga barham berish shartligini qayd etgan.“Ular jamiyatning eng hurmatli va ardoqli qatlamiga aylanishi, buning uchun barcha birdek harakat qilishi zarur deb hisoblayman. Zero faqat ta’lim, faqat o‘qituvchilar yordamidagina biz taraqqiyotga erisha olamiz. Farzandlarimiz kelajagi ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun ham ustozlarimizni e’zozlashimiz shart!”, - deya xulosa qilgan u.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/0a/22661407_160:0:2891:2048_1920x0_80_0_0_e07842e8b02ca8f9a7799c1f53684466.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘qituvchilar, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
jamiyat, o‘qituvchilar, xalq ta’limi vazirligi (xtv)
O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlangan – XTV
Xalq ta’limi vazirligi joylardagi ayrim rahbarlarning “tashabbusi” bilan ma’lumotlarni yig‘ish jarayoniga o‘qituvchilarni jalb qilish mutlaqo taqiqlanganligini eslatib o‘tgan.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi (XTV) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktab o‘qituvchilari hududdagi xonadonlarda yashovchi maktab yoshidagi bolalar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ayotgani haqidagi xabarga
munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, vazirlik tomonidan hududiy xalq ta’limi bo‘linmalari va ta’lim muassasalarga hech qanday alohida topshiriqlar berilmagan.
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq, maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklari qarori asosida umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida shu umumta’lim muassasasi tomonidan ro‘yxatga olish orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra maktab rahbariyati o‘z maktabiga biriktirilgan mikrohududda yashayotgan va kelgusida maktabga kelishi mumkin bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Qayd etilishicha, bu jarayon bugungi kunda elektron tizim orqali amalga oshirilib, buning uchun maktab pedagoglari uyma-uy yurishi zaruriyati yo‘q. So‘nggi 2-yildan buyon Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda (onlayn) amalga oshirilmoqda.
“Joylardagi ayrim rahbarlarning “tashabbusi” bilan mikrohudud bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish jarayoniga pedagog-xodimlarni jalb qilish va ularni faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb qilish esa mutlaqo taqiqlanganligini eslatib o‘tamiz”, - deyiladi xabarda.
Prezidentning 2018-yil 14-avgustdagi tegishli qaroriga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish hamda xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish qat’iyan taqiqlangan.
XTV barcha maktab direktorlari va pedagog xodimlariga ularning lavozim majburiyatlariga kirmaydigan ishlarga jalb etish qat’iyan ta’qiqlanganligini, bu kabi holatlar yuzaga kelgan taqdirda Vazirlikning 71-202-09-09 ishonch telefoniga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham bu xabarga munosabat bildirdi va barcha mas’ul shaxslardan ushbu muammoni imkon qadar tezroq hal qilishni
so‘radi.U o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish o‘ta zarur deb hisoblashi va mutasaddilardan ularning zimmasiga keraksiz va noqonuniy vazifalar yuklashni bas qilishlarini so‘ragan.
“O‘qituvchilarning asosiy vazifasi — farzandlarimizga bilim berish orqali mamlakatimiz kelajagini ta’minlashdir. O‘qituvchilarni ortiqcha ishlarga majbur qilish nafaqat maktabga, balki O‘zbekiston kelajagiga ham zarar yetkazadi”, - deydi Mirziyoyeva.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari hozir mamlakatda ta’lim birinchi raqamli ustuvor masala ekani va o‘qituvchilarga tekin xizmatkor xodim sifatida qarashga barham berish shartligini qayd etgan.
“Ular jamiyatning eng hurmatli va ardoqli qatlamiga aylanishi, buning uchun barcha birdek harakat qilishi zarur deb hisoblayman. Zero faqat ta’lim, faqat o‘qituvchilar yordamidagina biz taraqqiyotga erisha olamiz. Farzandlarimiz kelajagi ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun ham ustozlarimizni e’zozlashimiz shart!”, - deya xulosa qilgan u.