Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

© Ministerstvo energetiki respubliki UzbekistanV Navoiyskoy oblasti stroitsya krupnaya vetroelektrostansiya.
V Navoiyskoy oblasti stroitsya krupnaya vetroelektrostansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Navoiy viloyatida 2024-yil yakuniga qadar Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. Uni 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Elektr stansiyasi orqali yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiya ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu mega loyihaning umumiy qiymati 600 mln dollarga teng. U yuz foiz xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshiriladi.
© Energetika vazirligi Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda
Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Navoiy viloyatida yirik shamol elektr stansiyasi barpo etilmoqda
Stansiya qurilishi davomida 800 nafargacha va ishga tushgandan so‘ng 30 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Navoiy viloyatida birinchi quyosh elektr stansiyasi aynan Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan. Bugungi kunda u bir kecha-kunduzda 1 mln 180 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib bermoqda.
Bu sohada yana 5 ta yirik loyihani amalga oshirish kelishilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikdagi energetikaga oid bitim va hujjatlarni imzolash jarayonini tezlashtirish yuzasidan topshiriq bergandi.
“Masdar” kompaniyasi bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasida amalga oshiriladigan loyihalar 2030-yilgacha mamlakatda “yashil energetika” ulushini 25 foizga yetkazishda muhim qadam bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0