Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi

© PulatovV ramkax sammita organizatsii turkskix gosudarstv v Samarkande nachalas vstrecha premyer-ministra Vengrii Viktora Orbana s Prezidentom Shavkatom Mirziyeyevim.
V ramkax sammita organizatsii turkskix gosudarstv v Samarkande nachalas vstrecha premyer-ministra Vengrii Viktora Orbana s Prezidentom Shavkatom Mirziyeyevim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vazirining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammiti doirasidagi birinchi uchrashuvni Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘tkazmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
“Uchrashuvda iqtisodiy sohadagi amaliy hamkorlik - qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun moliyaviy mexanizmlar va qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.
Viktor Orban kecha TDT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan edi.
Samarqandda “O‘zbekiston-Vengriya” biznes-forumi ham davom etmoqda. Forumda Vengriyaning 40 dan ziyod korxonalari ishtirok qatnashapti. Ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida Samarqand deklaratsiyasi hamda TDT doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boshqa muhim qaror va hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston a’zo. Shuningdek, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega. Tashkilot bungacha Turkiy tilli davlatlar kengashi deb yuritilgan.
Yangiliklar lentasi
0