Markaziy Osiyoning strategik roli oshishiga nima sabab bo‘ldi – iqtisodchilar xulosasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Astane vpervie proxodit "Sentralnaya Aziya – Rossiya"
V Astane vpervie proxodit Sentralnaya Aziya – Rossiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo taraqqiyot banki tahlilchilari fikricha, Markaziy Osiyoning iqtisodiy roli va istiqbollarini dunyo hali to‘liq anglab yetmagan.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Yaqin yillarda keng Yevroosiyo makonida Markaziy Osiyoning strategik roli oshadi – mintaqa davlatlarining ahamiyati uning eng yaqin qo‘shnilari va asosiy iqtisodiy hamkorlari uchun ham ortadi. Ushbu xulosalar Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeTB) tahlilchilari tomonidan taqdim etilgan “Markaziy Osiyo iqtisodiyoti: yangi qiyofa” hisobotida aks etgan.
Sputnik ushbu hujjatni ko‘rib chiqdi va tadqiqotning asosiy tezislarini ushbu maqolada e’lon qilmoqda.

Yutuqlar haqida qisqacha

O‘ttiz yil davomida Markaziy Osiyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi, deb hisoblaydi OTB ekspertlari. Bugungi kunda mamlakatlar bir qator yutuqlarga ega – bu aholi sonining ko‘payishi (Markaziy Osiyoda jami 77 million kishi istiqomat qiladi) va infratuzilmaning rivojlanishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida mehnat resurslarining ko‘payishi, aholi turmush darajasi va mobilligining (u joydan bu joyga ko‘chib o‘tish) oshishiga olib keladi.
Mintaqaning Yevroosiyo makonidagi strategik joylashishini ham unutmaylik.
“Markaziy Osiyoning iqtisodiy o‘rni va istiqbollari mohiyatini dunyo hali to‘liq tushunib yetgani yo‘q”, deb yozadi hisobot mualliflari.“Mintaqa davlatlari so‘nggi 20-yilda o‘z taraqqiyotida sezilarli yutuqlarga erishdi va jiddiy o‘sish istiqbollariga ega. MO davlatlari YaIMi so‘nggi 20-yil ichida real ko‘rinishda va 347 milliard dollarga yetdi.
Shunday bo‘lishi, umuman olganda, kutilgan edi, tarix takrorlanadi. YeTB tahlilchilari uch ming yillik tarix davomida Buyuk Ipak yo‘li Katta Yevroosiyoning barcha iqtisodiy markazlari – Xitoy, Hindiston, Eron, Yaqin Sharq va Yevropani bog‘lab turganini esga oldilar.
Bugun mintaqa davlatlari yana zamonaviy transport yo‘laklarini rivojlantirish zarurligi haqida gapirmoqda. Va ushbu qadam Markaziy Osiyoni asosiy hamkor davlatlar – Rossiya va Xitoy uchun yanada muhimroq iqtisodiy hududga aylantiradi. Logistika yo‘nalishlarining yangi bosqichga ko‘tarilishi mintaqadagi har bir mamlakatda sanoat va savdoning o‘sishi, xizmat ko‘rsatish sohasining mustahkamlanishini anglatadi.

Ildam rivojlanishdi

Markaziy Osiyo davlatlarining hozirgi iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 1990-yillardagi ko‘rsatkichlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, dastlab mintaqa iqtisodiyoti sekinlashganini ko‘rishimiz mumkin. "O‘sish sur’atlarining sekinlashishi qisman asosiy hamkor bo‘lgan Rossiya iqtisodiyoti dinamikasining zaiflashishi bilan izohlanishi mumkin", deb tushuntiradi ekspertlar.
Biroq ochiqlik tamoyillarining joriy etilishi, ikki yoki undan ortiq davlat darajasida yoki mintaqa doirasida qo‘shma investitsiya loyihalarini yaratish tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlana boshladi.
Xususan, O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, respublika mintaqada ikkinchi iqtisodiyotga (Qozog‘istondan keyin) aylandi va tadqiqot mualliflarining fikricha, bunday natijaga 2017-yildan so‘ng amalga oshirilgan quyidagi chora-tadbirlar olib kelgan:
ishbilarmonlik muhitini narxlarni, savdo va valyuta bozorini erkinlashtirish;
investitsiyalarni jalb qilish;
yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘nalishi;
eksportni diversifikatsiya qilishga intilish.
Bu qadamlarning barchasi O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy moliyalashtirish salohiyatini oshirish imkonini berdi, deydi bank iqtisodchilari.

To‘siqlar haqida qisqacha

Barcha yutuqlarga qaramay, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uning yanada rivojlanishini sekinlashtiruvchi to‘siqlarga hali ham duch kelmoqda, deydi ekspertlar. YeTBga ko‘ra, davlatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir, birinchi navbatda, "mintaqaviy savdo-iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirishning yetarli darajada emasligi" hisoblanadi. Muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarning yo‘qligi mintaqaviy transport tarmoqlarining rivojlanmaganligi, suv-energetika kompleksidagi qiyinchiliklar, va oqibatda, makroiqtisodiy xavflarning oshishi kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
“Mintaqaviy hamkorlikning yetarli darajada emasligi mintaqa iqtisodiyotlarining xom-ashyoga ixtisoslashganligi oqibatidir”, deb yozadi hisobot mualliflari. Ular aniqlik kiritishiga ko‘ra – iqtisodning tashqi bozorlar uchun xomashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi - mintaqada mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning zaifligini tushuntiradi.

Hisobli do‘st ajralmas

Albatta, bu muammolarning barchasini tuzatish mumkin. Bir necha yil avval mintaqa davlatlari o‘zaro yaqinlashish yo‘liga kirishdi va bunda O‘zbekiston muhim rol o‘ynadi – u qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash tashabbusi bilan chiqdi va Markaziy Osiyo makonidagi davlatlar o‘rtasida vositachi bo‘ldi.
Avvalo, davlatlar o‘rtasidagi aloqalar iqtisodiyot orqali mustahkamlanadi. Shu bois 2021-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi qurilishini e’lon qildi, deya eslatadi hisobot mualliflari. Markaz ikki davlat o‘rtasida qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun yirik sanoat, savdo va logistika platformasiga aylanishi kerak.
Loyihalar uchun transport koridorlari tizimini takomillashtirish zarur. Shu bois Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston bilan chegaralarida xuddi shunday markazlarni yaratish va modernizatsiya qilishni va ushbu transchegaraviy markazlarning barchasi uchun yagona rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Transport xablari nima uchun kerak? Ular yuklarni tashish vaqtini va narxini qisqartiradi, tashilgan mahsulotlarni yaxshiroq saralashga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi, chunki kimdir tovarlarni qabul qilish va jo‘natish bilan shug‘ullanishi kerak.
Qozog‘iston bilan hamkorlik qilib, O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida Tojikiston va Qirg‘iziston bilan sarmoyaviy sheriklikni rag‘batlantirmoqda – O‘zbekiston-Qirg‘iziston va O‘zbekiston-Tojikiston taraqqiyot jamg‘armalarini tashkil qilmoqda. Ushbu fondlarning maqsadi - iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma loyihalar tashkil qilishdan iborat.
O‘zbekiston va Rossiya bilan ham iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda.
“Rossiyaning Qozog‘istonga kiritgan sarmoyasi 11,1 milliard dollarni, O‘zbekistonga – 8,9 milliard dollarni, Qirg‘izistonga – 0,9 milliard dollarni, Tojikistonga – 0,6 milliard dollarni tashkil etdi”, — deyiladi YeTB tahlilchilari hisobotida.
Dokladda qayd etilishiga ko‘ra, Rossiya postsovet davlatlari orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun asosiy sarmoya manbai bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda postsovet hududidanjalb qilingan xorijiy sarmoyalarning 98,5 foizi Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
"Rossiyaning yirik xom-ashyo kompaniyalari investitsiyalari asta-sekin qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish korxonalari investitsiyalari bilan to‘ldirilmoqda", deb yozadi hisobot mualliflari.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida 10 000 dan ortiq Rossiya va qo‘shma korxonalari faoliyat yuritib, mintaqada 900 000ta ish o‘rnlari yaratmoqda, deb ta’kidlaydi YeTB.
Yangiliklar lentasi
0