Latviyaning Rossiyadagi elchisi TIVga chaqirtirildi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve.
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Maris Riyekstinshga Latviyada sovet yodgorliklarini buzish bo‘yicha davlat vandalizm siyosati davom etayotgani munosabati bilan keskin norozilik bildirilgan.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Latviya elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi, unga Latviya sovet yodgorliklarini demontajga qilishgan qaratilgan siyosatini davom ettirayotgani munosabati bilan keskin norozilik bildirildi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
“10 noyabr kuni Latviyaning Moskvadagi elchisi Maris Riyekstinsh Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Latviya diplomatik missiyasi rahbariga Latviyada sovet yodgorliklarini buzish bo‘yicha davlat vandalizm siyosati davom etayotgani munosabati bilan keskin norozilik bildirildi. Biz bu vahshiylikni rasmiy Riganing natsizmni ulug‘lashga qaratilgan umumiy yo‘nalishi jihatida ko‘rib chiqamiz”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, “Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi o‘tgan asr o‘rtalarida fashizmga qarshi urushning davomi ekanligini hisobga olingan holda elchining Rossiyaga qarshi bayonotlari hamda Riga sovet xaloskorlariga o‘rnatilgan haykallarni buzib tashlayotganiga e’tibor qaratilgan.
“Rossiyada ishlayotgan diplomatning neofashistik ruhdagi bunday bayonotlari nomaqbul ekani ta’kidlandi”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-noyabr kuni Latviyani fashistdan ozod qilgan sovet jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan “Alosha” nomi bilan mashhur haykalni buzib tashlash boshlangandi.
Yangiliklar lentasi
0