https://oz.sputniknews.uz/20221110/hyatt-regency-tashkent-mehmonxonasi-87-mln-dollarga-sotildi-29871232.html
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 87 mln dollarga sotildi
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 87 mln dollarga sotildi
Sputnik O‘zbekiston
Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida faoliyat boshlagandi. 10.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-10T17:01+0500
2022-11-10T17:01+0500
2022-11-10T17:01+0500
iqtisod
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29871075_0:47:900:553_1920x0_80_0_0_cb0d7bb2fc320a86f4a01774d7710730.jpg
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining balansda saqlovchisi “Poytaxt qurilish va xizmat” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 87 mln dollarga “Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QKga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.Sotuv jarayonida “KPMG Valuation and Consulting” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha konsultanti vazifasini bajargan, aksiyalar paketini mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya “PricewaterhouseCoopers” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.Xalqaro konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko‘lamli marketing ishlari amalga oshirilgani natijasida Amerika, Osiyo, Yevropa va O‘zbekistondagi investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risida 5 ta ariza (Express of Interest) kelib tushgan.“Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QKning taklifi xalqaro konsultant tomonidan hisoblangan mehmonxonaning indikativ narxlar oralig‘ining yuqori qismida joylashgan hamda mehmonxonaning baholangan qiymatidan ancha yuqori bo‘lib, bitim talabgor tomonidan sotib olish to‘loviga qo‘shimcha ravishda mehmonxonani rivojlantirish uchun 12 mln dollar miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan birga to‘lovni to‘liq bir yo‘la to‘lash orqali amalga oshiriladi.Ma’lumot uchun, “Abu Dhabi Uzbek Investment” (BAA-O‘zbekiston) 1 milliard dollarga teng kapitalga ega bo‘lgan investitsiya kompaniyasi bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarga sarmoya kiritishdir. Kompaniya hozirgacha O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga 100 million AQSh dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Ushbu investitsiya kompaniyasi portfeli 300 million AQSh dollardan ortiq loyihalarni o‘z ichiga oladi, ularning yakuniy maqsadi yaqin yillarda 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb etishdir. Kompaniya O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (UFRD) hamda BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) tomonidan tashkil etilgan.Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida faoliyat boshlagan va O‘zbekistondagi xalqaro Hyatt brendining birinchi mehmonxonasiga aylangan. Umumiy yer maydoni – 3,1 ga, bino va inshootlar qurilish osti maydoni – 60,1 ming kv. metrni tashkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat, mehmonlar uchun 300 ta xona, jumladan 248 standart va 52 lyuks/polulyuks xonalar mavjud. Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlariga muvofiq jihozlangan turli sig‘imdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kv. m. maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0a/29871075_50:0:850:600_1920x0_80_0_0_9c805e8e1cbf77bc1012c4cc4b6de865.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, toshkent
“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 87 mln dollarga sotildi
Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida faoliyat boshlagandi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining balansda saqlovchisi “Poytaxt qurilish va xizmat” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini 87 mln dollarga “Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QKga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
ma’lum qildi. Sotuv jarayonida “KPMG Valuation and Consulting” MChJ xalqaro konsalting kompaniyasi Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha konsultanti vazifasini bajargan, aksiyalar paketini mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya “PricewaterhouseCoopers” MChJ tomonidan amalga oshirilgan.
Xalqaro konsultant va Davaktiv agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko‘lamli marketing ishlari amalga oshirilgani natijasida Amerika, Osiyo, Yevropa va O‘zbekistondagi investorlardan sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risida 5 ta ariza (Express of Interest) kelib tushgan.
Yakunda majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, bitimni yopish shartlari va mehmonxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi bo‘yicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QK xalqaro tender natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan.
“Abu Dhabi Uzbek Investment” MChJ QKning taklifi xalqaro konsultant tomonidan hisoblangan mehmonxonaning indikativ narxlar oralig‘ining yuqori qismida joylashgan hamda mehmonxonaning baholangan qiymatidan ancha yuqori bo‘lib, bitim talabgor tomonidan sotib olish to‘loviga qo‘shimcha ravishda mehmonxonani rivojlantirish uchun 12 mln dollar miqdorida investitsiya kiritish majburiyati bilan birga to‘lovni to‘liq bir yo‘la to‘lash orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Abu Dhabi Uzbek Investment” (BAA-O‘zbekiston) 1 milliard dollarga teng kapitalga ega bo‘lgan investitsiya kompaniyasi bo‘lib, uning maqsadi O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarga sarmoya kiritishdir. Kompaniya hozirgacha O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlariga 100 million AQSh dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Ushbu investitsiya kompaniyasi portfeli 300 million AQSh dollardan ortiq loyihalarni o‘z ichiga oladi, ularning yakuniy maqsadi yaqin yillarda 1 milliard dollardan ortiq investitsiyalarni jalb etishdir. Kompaniya O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (UFRD) hamda BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) tomonidan tashkil etilgan.
Besh yulduzli “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi 2016-yilda Toshkent markazida faoliyat boshlagan va O‘zbekistondagi xalqaro Hyatt brendining birinchi mehmonxonasiga aylangan. Umumiy yer maydoni – 3,1 ga, bino va inshootlar qurilish osti maydoni – 60,1 ming kv. metrni tashkil etadi. Mehmonxona 8 qavatdan iborat, mehmonlar uchun 300 ta xona, jumladan 248 standart va 52 lyuks/polulyuks xonalar mavjud. Mehmonxona hududida xalqaro sifat standartlariga muvofiq jihozlangan turli sig‘imdagi bir nechta konferensiya zallari, shuningdek, 850 kv. m. maydonga ega banket zali, yopiq basseyn va SPA markazi mavjud.