Farg‘ona vodiysida elektr ta’minotiga qisqa muddatli cheklov kiritildi

CC0 / Pixabay / Lampochka, arxivnoe foto
Lampochka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
Vodiyning ayrim hududlarida elektr ta’minotida kuzatilayotgan qisqa muddatli uzilishlar sababi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Energetika vazirligi Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimi pasaymoqda.
Buning natijasida To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasiga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida mazkur stansiya tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.
“Energetika tizimining barqaror ishlarishini ta’minlash va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan katta avariyalar hamda uzilishlarni oldini olish maqsadida vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda”, - deyilgan xabarda.
Vazirlik mutaxassislar yuzaga kelgan bu muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni olib borayotganini qo‘shimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0