Erdog‘an Putin bilan munosabatlari qandayligini aytdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin i Redjep Tayip Erdogan
Vladimir Putin i Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2022
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdog‘anning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan munosabatlari ishonchli. Ularsiz Rossiyaning “don kelishuvi”dagi ishtirokini qayta tiklash imkonsiz bo‘lib qolardi.
“Bu biz hurmatli janob Putin bilan amalga oshirgan yetakchilar siyosati. Albatta, ishonchli munosabatlariz bu imkonsiz bo‘lardi. O‘zaro ishonchli munosabatlar va bir-birimizga bo‘lgan hurmat bizni shunday qarorlar qabul qilishga undaydi. Barcha masalalar, jumladan, AES qurilishi (Akkuyuda, Sinop), mudofaa mavzusidagi savollar, ishonchli munosabatlarimizga asoslangan”, - deydi Erdog‘an Samarqandga uchishi oldidan jurnalistlar bilan muloqotda.
Erdog‘an, shuningdek, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon muloqotlar davomli bo‘lishini kutayotganini aytdi.
“Mening kutilmam shuki, Indoneziyadagi G20 sammitida Rossiya tomoni ishtirok etsa, hozir men bilmayman, qatnashadimi yoki yo‘qmi, agar shunday bo‘lsa, u holda yuzma-yuz uchrashish imkoniyati bo‘ladi. Aks holda telefon diplomatiyasini davom ettiramiz. Bizning umidimiz tinchlikni ta’minlashdir”, - dedi Turkiya yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya don mahsulotlarini kambag‘al davlatlarga bepul yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishgan edi.
Don mahsulotlari bo‘yicha dastlabki kelishuv esa 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ishtirokida erishilgan edi. Unga ko‘ra Ukraina va Rossiya omoborlarida saqlanayotgan va harbiy harakatlar tufayli Qora dengiz orqali olib chiqishning imkoni bo‘lmagan don mahsulotlarini birinchi navbatda Afrikaning ehtiyojmand davlatlariga yetkazib berish haqida kelishib olingan edi. Ushbu shartnoma don mahsulotlarini Qora dengizning uchta portdan, jumladan Odessadan olib chiqishni nazarda tutadi.
Yaxshi niyatda amalga oshirilgan ushbu bitimdan Ukraina maxsus xizmatlari o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida foydalanishdan toymadi. Xususan Qrim ko‘prigida terakt uyushtirishda foydalanilgan portlovchi moslama Odessa portidan don solingan kemalarda olib chiqilgani va Bolgariya hamda Armaniston orqali Rossiyaga olib kirilgani aniqlangan.
Shuningdek, 29-oktabr kuni Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi.
Bundan tashqari, Putin agar Kiyev o‘z majburiyatlarini qayta buzsa, Rossiya shartnomadan chiqishini ta’kidladi. Ammo bu holatda ham u Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyorligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0